Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Askarlar uylariga kuzatildi

Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-muhandislik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarni uylariga kuzatish marosimi o’tkazildi.
Prezidentimizning 2013 yil 20 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo’shatish to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda bilim yurti rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Tantanali marosimda so’zga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tagan yigitlarning kelgusi o’qish va mehnat faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar. Muddatli harbiy xizmatni o’tash jarayonida harbiy intizom, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan hamda test sinovlarida eng ko’p ball to’plagan bir guruh askarlarga harbiy qism qo’mondonligining tavsiyanomalari topshirildi.
– Bir yil davomida Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti o’quv jarayonini ta’minlash batalonida muddatli harbiy xizmatni o’taganimdan faxrlanaman, – deydi farqonalik Farrux Tohirov. – Xizmat mobaynida harbiy sohaga oid bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib, jismoniy, ma’naviy-ruhiy tayyorgarligimni oshirishga erishdim. Buning natijasida qo’mondonlik tavsiyanomasini olishga muvaffaq bo’lganimdan xursandman. Kelgusida Toshkent tibbiyot akademiyasida o’qishni o’z oldimga maqsad qilib qo’yganman. Bu maqsadga erishishimda bugun topshirilgan tavsiyanoma katta yordam berishiga ishonaman.
Tadbir yakunida samarqandlik san’atkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

G’.HASANOV.

"Zarafshon" gazetasi №21, 18-02-2014