Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Buyuk ma`naviy meros va ulkan mas`uliyat

Buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga hurmat-ehtirom,  ularning boy ilmiy merosini o`rganishga qiziqish jahon ko`lamida hamisha yuqori bo`lgan. Buni Yurtboshimiz tashabbusi bilan o`tgan oyda Samarqandda o`tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya timsolida ham yaqqol ko`rish mumkin.

Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, Samarqand tuprog`ining har bir zarrasida ulug` bir hikmat bor, har bir ko`chasi, maydon va hiyobonida salobat, fayzu tarovat bor. Bu qadimiy va hamisha navqiron shaharning har bir g`ishtida bunyodkor xalqimizning buyuk iste`dodi va mahorati, boqiy qadriyatalri  mujassam.

YUNESKO Bosh direktori o`rinbosari Xubert Gizen o`z nutqida “Mazkur xalqaro konferensiyani o`tkazish uchun  Buyuk Ipak yo`lining markazida joylashgan afsonaviy shahar Samarqanddan ham yaxshiroq joyni tanlashni tasavvur qilb bo`lmasa kerak”, debt a`kidlashi ham also bejiz emas.

Agar boylikni ko`rmoqchi bo`lsang,

Hindistonga bor,

Agar halol-pokizalikni istasang,

Makkaga bor

Agar har ikkalasini hoyhlasang,

Samarqandda qol-

 

deya, lutf etgan donishmandlardan biri.

AQSH, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Gollandiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Ozarbayjon, Misr, Germaniya kabi dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan kelgan olimlar shaharni kezar ekanlar, bugungi kunda Samarqandning yanada go`zallashganini ko`rib, benihoya hayratga tushdilar.

Yurtboshimizning konferensiyadagi nutqida shu qadimiy yurt allomalari bo`lgan bookalonlarimizning ilmiy merosi, jaxon madaniyatiga qo`shgan hissalari chuqur tahli8l etib berildi.

Birgina Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro`yxatining o`ziyoq, agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqli kitob hosil bo`lar ekan. 

"O'zbekiston adabiyoti va sana'ti" gazetasi 2014-yil 6-iyun №23