Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Chet tili – dunyo kaliti

Samarqand pedagogika kolleji hamda Samarqand Davlat chet tillar instituti hamkorligida "Biz dunyo xalqlari – Ona yer farzandlari", deb nomlangan tadbir o’tkazildi.
Chet tili haftaligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda bir nechta tillarda sahna tomoshalari, qiziqarli o’yinlar namoyish etildi. Talabalar ingliz, rus, italyan, ispan tillarida qo’shiqlar ijro etishdi.
– Chet tili haftaligini uch yildan buyon o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi muassasalar bilan hamkorlikda o’tkazib kelayapmiz, – deydi institut Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi mudiri Dilfuza To’rayeva. – Tadbir sabab talaba-yoshlarda chet tillarni o’rganish ishtiyoqi yanada oshib bormoqda.

Malohat G’afforova

"Zarafshon" gazetasi 2013-yil 12-dekabr №149