Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Istiqlol mohiyati

Istiqlol mohiyati eng avvalo, odamlar hayotidagi o’zgarishlarda namoyon bo’lmoqda

                Bugungi kunda mamlakatimizning barcha joylarida bo’lgani kabi tumanimizda ham Respublikamiz Prezidentining  <<O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida>>gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida <<Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!>> ezgu g’oyasini o’zida mujjasam etgan shoir ostida uchrashuvlar, davra suxbatlari o’tkazilmoqda.  Bu tadbirlarda mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, to’kin va farovon hayotimiz mustaqillik tufayli ekani, o’zimizning samarali mehnatimiz istiqlol g’alabalarini mustahkamlashga munosib hissa bo’lib qo’shilishidan iborat ekanligi ta’kidlanmoqda.

                Tumanimizdagi Gulobod mahallasidagi Yusuf Zulmonov rahbarlik qilayotgan <<Odilxon ziyo zamini>> fermer xo’jaligi tasaruffidagi <<Shabada>> bazmgohida o’tkazilgan tadbir unga yig’ilganlarning kayfiyatiga bayramona ta’sir ko’rsatdi. Bayram tadbiridan avval fermer tomonidan yoshlar uchun ko’rib bitkazilgan mini futbol maydonining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan ushbu tadbir Gulobod va Qirguli mahallalari futbol jamoalarining uchrashuvi bilan yakun topdi.

                So’lim maskanda, zilol suvli katta hovuz bo’yida davra suxbati tarzida kechgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda tumanimiz hokimi Kamoliddin Qurbanov, O’zbekiston Respubliaksi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig’I, sotsiologiya fanlari nomzodi Oqiljon Abduazimov, <<Hurriyat>> gazetasi bosh muharriri, taniqli adib O’ktam Mirzayorov, Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori Husniddin Norqulov va boshqalar mustaqillik va uning tarixi, yurtimizda o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko’lamli isloxotlar xususida so’z yurutishda.

                -Ushbu tadbirlar istiqlolning mazmun-mohiyatini keng xalq ommasi, asosan, olis qishloqlar aholisi, xususan, yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish maqsadida uyushtirilmoqda,-dedi guruh rahbari O. Abduazimov, -uchrashuvlar chog’ida o’tgan davr mobaynida respublikamizda qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, ularga qay tarzda erishilayotgani, ayniqsa, <<Kim edigu, kim bo’ldik?>> g’oyasi targ’ibotiga keng o’rin berilmoqda.

                Xuddi shunday uchrashuv tumanimizning Shams Nazar mahallasidagi 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham bo’lib o’tdi.

I.Norquvvatov

<<Paxtachi>> gazetasi 2014-yil 1-avgust №31