Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Mehr qolur, muhabbat qolur

-    Elimizning ardoqli shoiri Muxammad Yusuf she’riyati samimiyligi, jo’shqinligi bilan barchaga birdek yoqimli va tushunarli, - deydi SamDChTI talabasi Adiba Fattoyeva.

-   Uning misralarini yod olmagan, bir bor eshitmagan o’zbek kam topilsa kerak. Bugungi tadbirda xam shoirning go’zal she’rlari o’qildi, u haqdagi xotiralar yodga olindi.

Samarkand Davlat chet tillar institutida O’zbekistan Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi xamkorligida o’tkazilgan tadbirda Xalq shoiri Muxammad Yusuf xotirlandi. Adabiyotshunoslar, shoir-yozuvchilar, tapaba-yoshlar ishtirok etgan badiiy kechada xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan shoir ijodiyoti, xayot-faoliyati va ayni kunda xam uning xotirasiga ko’rsatilayotgan hurmat-ehtirom tilga olindi. Xususan, davlatimiz raxbarining «O’zbekistan xalq shoiri Mu­xammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash tugrisida»gi qarori buning dalilidir.

-    Meni kuvontiradigan bir jixat

nomzodlik dissertasiyamni aynan Muxammad Yusuf ijodi bo’yicha yoqlaganman, - deydi filologiya fanlari nomzodi Maxfuza Davronova. - Uning ijodini tadqiq qilganimiz sari ta­bora xalqonalik, samimiylik va soddalikni sezamiz. Xuddi mana shu ji­hat balki shoirni xalqqa yaqin qilib, o’quvchi qalbiga kirib borishiga sabab bo’lgandir.

Shoir Muxammad Yusuf tavalludining oltmish yilligiga bag’ishlangan tadbirlar, xotira kechalari barcha ta’lim muassasalarida davom etmokda.

I.PULATOV.

"Zarafshon" gazetasi 2014-yil 6-fevral №16