Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot

Xalq so'zi gazetasi
2013-yil 15-noyabr 224 soni

2013-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisini shu yil 12-13-dekabrda Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi muhokamasiga aholi turmush darajasini yanada oshirishni va uning ijtimoiy muhofaza qilinishini kuchaytirishni, iqtisodiyotning yuqori va barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi, shuningdek, 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini izchil isloh qilishga hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator O‘zbekiston Respublikasi qonunlari kiritilmoqda. Butun byudjet jarayonini yanada muntazamlashtirish va kodifikatsiyalashni, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirishni, vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarning huquqlari hamda manfaatlarini muhofaza qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutadigan "O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi, "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi, "Vasiylik va homiylik to‘g‘risida"gi va boshqa bir qator qonunlar shular jumlasidandir. "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni, shuningdek, boshqa bir qator qonunlarni ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda navbatdagi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinadi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining va Devonining o‘n uchinchi yalpi majlisni tayyorlash hamda o‘tkazish bilan bog‘liq ishini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Matbuot xizmati