Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Plagiat uchun javobgarlik bor

O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 149-moddasida tafakkur mulki obektiga nisbatan mualliflik huquqini oz’lashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari to’g’risida ma’lumotlarni ular rasman ro’yxatdan o’tkazilgunga yoki e’lon qilgunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish uchun, jinoiy javobgarlik belgilangan.

Har qanday asar – ilmiy maqola, badiiy musiqiy yoki boshqa ijod namunalari muallif aqliy faoliyatining mahsuli. Ularni e’lon qilish muayyan shaxsning mualliflik huquqini mustahkamlaydi. Mualliflikning boshqa shaxs tomonidan o’zlashtirilishi uning o’zgalar yozgan asarni o’zining nomi bilan (plagiat yo’li bilan) to’la yoki qisman har qanday usulda chop etish bilan e’lon qilishda ifodalanadi.

Mutlaq huquq obyekti bo’lgan intellektual mulkdan boshqa shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin. Shuning uchun intellektual mulkdan qonunsiz har qanday foydalanish – bu huquqning qo’pl buzilishi hisoblanadi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarining intellektual faoliyati natijalarini o’zlashtirib olish ham jinoyat kodeksining 149-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin. Agar intellektual mulk obyektlari moddiy qimmatlikka ega bo’lsa, aybdorning qilmishlari talon-taroj sifatida baholanadi.

Hammualliflikka majbur etish tafakkur mulki obyekti muallifiga turli yo’llar bilan ta’sir o’tkazish, ya’ni aybdorning o’zi tomonidan hamda uning talabi bilan tafakkur mulki obyektini yaratishda bevosita ishtirok etmagan boshqa shaxslar tomonidan ta’sir o’tkazilishidir.

Ilmiy, badiiy, musiqiy, adabiy, asarlar yoki ixtirolik va ishni oqilona tashkil etishga oid takliflar tafakkur mulki obyektlari hisoblanadi.

O’n olti yoshga to’lgan shaxs sharxlanayotgan jinoyatning subyekti bo’lishi mumkin.

E. Xoliqulov,jinoyat ishlari bo'yicha
Samarqand shahar sudining sudyasi

"Zarafshon" gazetasi 2014-yil 27-mart №38