Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Respublika oily ta’lim muassasalarining reytingini baholash bo’yicha ishchi komissiyasini tuzish to’g’risida

XALQ SO'ZI 2013 yil 15 avgust № 158

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMOYISHI

   Xalqaro tajriba, talablar va standartlarni hisobga olgan holda mamlakat oily ta’lim muassalarining ilmiy-pedagogik faoliyati reyting bahosini xolisona baholash prinsiplari, yondashuvlari va mezonlarini sinov tarzida aprobatsiya qilish maqsadida:

  1. Buning uchun ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiyasi tuzilsin.
  2. Ishchi komissiyasi (B. Yu. Xodiyev) ikki hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 371-sonli qarori bilan belgilangan oily ta’lim muassasalari tuzilmasi reyting baholari tizimi ballarining ko’rsatkichlari va darajasini, ularning xalqaro mezonlar va standartlarga mosligi, oily o’quv yurtlari ilmiy hamda pedagogic faoliyati darajasi va sifatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadli vazifalarini tanqidiy qayta ko’rib chiqsin.

Bunda oily o’quv yurtlari ilmiy-pedagogik faoliyatining quyidagi eng muhim mezonlariga alohida e’tiborni qaratib, yuqori ballar belgilansin:

chet ellardagi oily o’quv yurtlari bilan qiyoslaganda o’qitish saviyasi va sifati, professor-o’qituvchi kadrlarning malaka darajasi, ularning o’qitishni xalqaro talablar darajasida ta’minlaydigan zamonaviy pedagogic texnologiyalarni egallaganligi, mamlakatimiz oily o’quv yurtlari o’qituvchilarining chet el oily o’quv yurtlarida ma’ruzalar o’qishdagi ishtiroki;

oily o’quv yurtlarini bitirib chiqqanlartning mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashuv darajasi va oily o’quv yurtlarining kadrlar tayyorlanayotgan korxonalar bilan ishlashini tashkil etish sifati;

oily o’quv yurtlarida o’tkazilayotgan ilmiy tekshirish ishlarining samaradorligi, eng avvalo, eksperimental-laboratoriya bazasining holati, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish darajasi, korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari va konstruktorlik byurolari bazasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o’tkazish.

     3. Ishchi komissiyasi (B. Yu. Xodiyev):

Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2013-yilning 1-noyabriga qadar muddatda yuqori bosqich talabalarining maxasus soha fanlari bo’yicha bilimlari darajasini va oily o’quv yurtida mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash uchun darslarni o’zlashtirish saviyasini aniqlash maqsadida tanlab olib test sinovlaridan o’tkazsin;

ekspert guruhlari ishtirokida 2013-yilning 1-dekabriga qadar muddatda eksperimient tariqasida 2-bandda bayon etilgan prinsip va mezonlar asosida oily ta’lim muassasalarining reytingini baholasin;

o’tkazilgan ishlarning natijalari bo’yicha 2014-yilning 1-yanvariga qadar muddatda oily o’quv yurtlari reytingini baholash tizimi va metodikasini, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish bo’yicha aniq takliflar bilan birga yakuniy axborotni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etsin.

     4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A. I. Ikromov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi J. G’. Ismoilov zimmasiga yuklansin. 

Ўзбекистон Республикаси Президенти                                                                                                          И. Каримов


Тошкент шаҳри,

2013 йил 14 август