Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Chiroy ochayotgan ko’hna shahar

Zarafshon gazetasi

 №126, 19-10-2013

 

1382106849-0 (1) 18-oktyabr Samarqand shahri kuni munosib nishonlandi

Bayram tongi istirohat boqlari, jamoat joylari, katta ko’chalarda karnay-surnay chorlovlari bilan boshlandi. Did bilan bezatilgan shahar bayramona tus oldi.

Sohibqiron maqbarasida Qur’on tilovat qilingach, jamoatchilik vakillari, mehmonlar Amir Temur haykali poyiga gul qo’yish marosimida ishtirok etdilar.
Ta’kidlash lozimki, Prezident I.Karimov tashabbusi bilan belgilangan bu sananing salohiyati yildan yilga oshib bormoqda. Samarqandliklar bu kunni Mustaqillikning yorqin timsoli, buyuk bunyodkorlik ishlarining indallosi, sharafli tariximiz e’tirofi sifatida faxr va qurur bilan nishonlamoqdalar.
o’ar yili shahar kuni munosabati bilan benazir inshootlar qad ko’tarayotir. Bu gal Dahbed, Muqimiy ko’chalaridagi yirik o’zgarishlar shahar jamoatchiligi va mehmonlar tomonidan havas bilan tomosha qilindi. Mehnat faxriylari, iqtidorli yoshlar shaharni ayyomona kayfiyatda aylanar ekan, 1382106849-3 (1) mamlakatimizdagi barqaror tinchlikka, yaratuvchilik kayfiyatiga shukronalar aytishdi.

Faqat bugina emas. Rudakiy ko’chasida, Sug’diyona istirohat boqida ulkan bunyodkorlik ishlari boshlandi. Panjakent ko’chasini kengaytirish davom etmoqda. Mirzo Ulug’bek ko’chasi oxirida barpo etilayotgan yosh oilalar shaharchasida quruvchilar bilan qizqin suhbat bo’ldi.

Bayram tantanalari har bir guzar, tashkilotda davom etdi. 20-maktabda «Samarqand – yer yuzining sayqali» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Unda taniqli tarixchi olimlar qatorida maktab o’quvchilari ham ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ko’hna shahar tarixiga oid viktorinalar uyushtirildi.

Jamoatchilik vakillari Mehribonlik uylarida, «Saxovat» uyida bo’lishdi, bolajonlar, boquvchisini yo’qotgan qariyalar bilan dildan suhbat qurdilar. Shuningdek, kasalmand faxriylar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy yordam ko’rsatildi.
Bayram tadbirlarida viloyat hokimi Z.Mirzayev ishtirok etdi.