Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Shoir tavalludiga bag'ishlandi
Samarqand davlat chet tillar institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ijodiy kecha o'tkazildi.

Kechada O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari Orif Xoji Muhammad Yusuf ijodi va uning ahamiyati haqida so'zladi. Olimlar M. Davronova, S. Hayitov, tarjimon Poshali Usmon shoir bilan boqliq xotiralarini aytib berishdi.

- Muhammad Yusuf Vatan va muhabbat kuychisi, - deydi P. Usmon. - U yozgan asarlar yosh avlod kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun shoir she'rlari barchaning qalbiga birdek etib boradi, uni hamma sevib o'qiydi.

Tadbir mushoiraga ulanib ketdi.

Turonbek KAZAKOV,

SamDCHTI talabasi

"Samarqand" gazetasi № 7, 14.02.2014