Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tafakkur sinovlari

Viloyat Yoshlar markazida “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi tomonidan shu nomdagi intellektual o’yin tashkil qilindi. 

Unda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar jamoalari o’zaro bahslashishdi.

-Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan mazkur tanlov yuksak bilimli va ma’naviyatli yoshlarni rag’batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan, -deydi “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi bo’lim boshlig’i B.Mamatov. – Ishtirokchilar “Uy vazifasi”, “Huquqiy bilimlar sinovi”, “Mamlakatshunoslar bahsi”, “Topqirlik maydoni”, “Prezidentimiz asarlari bilimdoni” shartlari bo’yicha o’z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar.

Yakuniy natijalarga ko’ra, Samarqand davlat universiteti jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoalari ikkinchi hamda uchinchi o’rinlarga loyiq topildi.

Muhammadqobil Shukurov, Samarqand shahri.

“Zarafshon” gazetasi. 2015 yil 17 yanvar, 7-8-son