Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Talabaning obro’si “qizil” diplomdami?

ZARAFSHON 2013 yil 25 aprel №48

Yaqinda institutning so’nggi bosqichida tahsil olayotgan talaba tanishim keldi. O’qishlari qanday ketayotganligini so’radim.

-       Imtihonlarni arang beshga “yopdim”. Sal bo’lmasa bitta fanim to’rt bo’layotgandi. Domlaga «Qizil» diplomga harakat qilayapman, degandim so’ragan bahomni qo’yib berdi.

 - Hali imtiyozli diplom olaman, deng.

-      Albatta. Axir fakultetning faol tapabalaridan bo’lsam. Biror tadbir mensiz o’tmaydi. Qolaversa, domlalarning hammasi bilan yaxshi kelishib qolganman.

Uning gerdayib aytgan so’zlarini eshitib o’ylanib qoldim. «Qizil» diplomli bo’lish shunchalik muhimmi?

Biz og’zaki nutqda «qizil diplom» yoki «qizil attestat» deb ataydigan ma’lumotimiz to’g’risidagi hujjat kelgusi xayotimizda qanday o’rin tutadi? Nega ko’pchilik unga ega bo’lishni istaydi? Hatto, sotib olmoqchi bo’ladi.

O’Quv yurtini a’lo darajali shahodatnoma yoki imtiyozli diplom bilan bitirganga nima yetsin? Ammo uning uchun da’vogar arzirli kishi bo’lishi kerak-ku. Aksariyat hollarda yuqori sinf (kurs)da bunga xarakat qilib qolishadi. Hayot qonuni shundayki, ma’lum kishining bilimlari barcha sohada bir xil darajada, mukammal bo’lavermaydi. Jumladan, fanlarni o’zlashtirishda ham. Uning bilimiga qo’yilgan baxo nisbiy ekanligi aniq. Chunki hamma “vunderkind” emas. Shu bois o’quv  yurtini imtiyozli bitirganlarning barchasi ham o’z o’rnini topib ketavermaydi. «Hayotda diplomning “qizil” yoki boshqa rangdaligi deyar­li x,yech qanday rol o’ynamaydi» deganga o’xshash fikrlar ham mavjud. U holda xujjatning imtiyozliligi qayerda qoladi?

Imtiyozlari borki, o’quvchi yoki talaba uni qo’lga kiritishga harakat qiladi. Bundan tashqari, yon-atrofgilar e’tirofi. Chunki imtiyozli hujjat egalariga odatda, «boshqacha» munosabatda bo’lishadi: nimasidir borki hujjati «qizil». Asosiysi, boshqa joyga hujjat topshirayotganda bu inobatga olinadi. O’tgan o’quv yili yakunlanayotgan paytlar o’g’limning o’qituvchisi telefon qilib qoldi, - deydi Fotima Sanayeva.

-                    Bolamning o’qishi tugayotganligini aytib, bir kelib ketsangiz, yaxshi bo’lardi, dedi. Imtiyozli diplom olishga da’vogar bo’lgan o’quvchilarning ota-onalarini chaqirtirishayotgan ekan. O’g’limga u tahsil olayotgan bilim dargohiga borishimni aytdim.
«Bormaysiz,-dedi u. –Nima maqsadda chaqirishayotganini yaxshi bilaman. Men pul bilan «qizil attestat» olmoqchi emasman».

G’alati bo’lib ketdim. O’quvchi behad hurmat qilgan o’qituvchisi (sinf rahbari) unga a’lo darajali shahodatnoma olish uchun pul kerak, deb tursa, yosh qalb egasi qanday ahvolga tushishini tasavvur qilayapsizmi?

-     Oliy o’quv yurtini bitirayotgan paytimizda ko’pchilik imtiyozli dip­lom olish ilinjida davlat imtihonlariga ham alohida tayyorlana boshladi. Bir kursdoshim juda yaxshi o’qirdi. Barcha fandan baxolari a’lo. Lekin dastlab unga imtiyozli diplom berilmadi. Hayron qoldik. Rekgoratga borib, aniqlik kiritishini maslahat berdik. U yerdagilar ro’yxat berishda xatolikka yo’l qo’yishganini aytib, hujjatni «qizil»ga aylantirib berishdi.

Bu kabi holatlar hayotda uchrab turadi. Bu inkor etib bo’lmaydigan xaqiqat. Ammo ko’pchilik nega imtiyozli hujjat olishga bu darajada o’ch? Shu tufayli kishi faqat «qizil»ni ko’zlaydigan bo’lib qoladi. Oppoq orzular ham sekin-asta qizilga aylanib boraveradi. O’quvchi, talabaning baho uchun u kishi, a’lo darajali shahodatnoma, imtiyozli diplom olish maqsadida xuda-bexuda bahoga talashaverishi yaxshimi? Bundaylar jamoatchiligim ham inobatga olinadi, deb turli tashkilotlarga a’zo bo’ladilar. Dars paytida ham tadbirlarda qatnashadilar. Shunday bo’lgach,  uning o’zlashtirishi «imtiyozli»ga baholanishi adolatdanmi? «Qizil attestat» yoki «qizildiplom» olish uchungina o’qish qanday naf berishi mumkin?

-     Men dars beradigan kollejning yuqori kurs talabalarining ko’pchiligi a’lo darajali attestat olish uchun harakat qilayotganini yaxshi bilaman, - deydi Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kol­leji o’qituvchisi Azim Ismatullayev. - O’zim raxbarlik qilayotgan guruhda ham bunga da’vogarlar ko’p. Kollejni a’lo darajali shahodatnoma bi­lan bitirgan yaxshi. Albatta, bunda o’quvchining baho ko’rsatkichlari bi­lan birga xulqi, jamoatchiligi ham hisobga olinadi. Shunchaki nomi uchun attestatining imtiyozli, o’zlari aytganday, «qizil» bo’lishini istovchi o’quvchilarga buning to’g’ri emasligini tushuntirishga arakat qilaman. Undan ko’ra asosiy e’tiborni fan   olimpiadalariga qaratishlarini aytaman.

Sobiq kursdoshimning mana bu so’zlari bizni o’sha paytdayoq o’ylantirib qo’ygandi. «Falonchi nega qizip diplom oldi, degandan ko’ra, nega unga imtiyozli diplom berilmadi, degani yaxshiroq emasmi? Aslida xaqiqiy bahoni hayotning o’zi beradi. O’qishdagi qator-qator «besh»lar har doim ham kishining bilim darajasini belgilab bermaydi».

-    Bakalavriat bosqichini tugallaganim haqidagi hujjatning topshirilish sanasi men uchun unutilmas kunlardan biri bo’lgan, - deydi Umida Rashidova. - Negaki, u to’rt yillik o’qish mobaynida olgan baholarimning samarasi edi. O’shanda «imtiyozli» yozuvi xayotimda ko’p ishlarni hal qilish imkoniyati bo’lib tuyulardi. To’g’ri, magistraturada davlat granti asosida o’qishimda uning ham ahamiyati katta. Lekin asosiysi, imtiyozli diplomning psixologik jihatdan ham ta’siri katta bo’ldi. Ota-onam, yaqinlarim oldida yuzim yorug’ bo’ldi.

Ushbu mulohazalardan kelib chiqib, imtiyozli diplomga ega bo’lishni istovchi talabalarni ikki guruhga ajratgan bo’lardim. Birinchi guruhga mansub talabalar faqat ilm olishni istaydilar va buning uchun astoydil harakat qiladilar. Ular nohaqlik, qiyinchiliklarga faqat izlanishlar orqali yechim topadilar. Ikkinchi guruhdagi talabalar esa imtiyozni sharaf deb biladilar va faqat uning obro’si uchungina harakat qiladilar. Bu fikrlarga siz qanday munosabat bildirasiz. Umuman hujjatning «qizil» rangda bo’lishi muhimmi yoki...