Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Tarjimonlar” keyingi bosqichda

Samarqand shahridagi konsert zalida viloyat hokimligi hamda “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi hamkorligida “Quvnoq va zukko talabalar” ko’rik-tanlovining birinchi tur uchinchi bellashuvlari o’tkazildi.

Yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligi, intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirishga qaratilgan tanlovda Samarqand davlat chet tillar institutining “Tarjimonlar” hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Dasturchilar” jamoalari kuch sinashishdi.

Ishtirokchilar o’zaro tanishuvlardan so’ng savol-javoblar orqali intellektual mahoratini, hozirjavobligini namoyish qilishdi. Estrada miniatyura teatri shartida jamoalar  hayotda uchraydigan turli illatlarni teatrlashtirilgan lavhalarda tomoshabinlar hukmiga havola qilishdi. Musiqiy chiqishlar shartida yoshlar hayotidagi kamchilik va nuqsonlar ni ohanglar hamda shunga mos harakatlar orqali ko’rsatib berdilar.

Yakunda “Tarjimonlar” jamoasi tanlovning ikkinchi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

“Zarafshon” gazetasi. 2015 yil 17 yanvar, 7-8-son