Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Til bilguvchi yoshlar

ZARAFSHON 9 IYUL 2013 YIL  82

Davlatimiz rahbarining «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroridan kelib chiqib, Samarqand pedagogika kollejida ham qator tadbirlar, ochiq dars va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlar orqali kollejimiz o‘quvchilarining chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab va qiziqishlari ortib borayotir.

Xususan, kollejning xorijiy tillar kafedrasi tomonidan fan oyligi o‘tkazildi. Oylik davomida ingliz tili o‘qituvchisi Yulduz Davlatovaning «Buyuk Britaniya» («Great Britain») mavzuidagi ochiq darsi nazorat guruhi tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, kollej amfiteatrida bo‘lib o‘tgan «Dunyo bo‘ylab sayohat» («Travelling around the world»), «Kollej malikasi» deb nomlangan tadbirlar ham ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.

foto til

Bundan tashqari, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Koreya va O‘zbekiston do‘stona aloqada» deb nomlangan tadbir kollej yoshlarida katta taassurot qoldirdi. Tarjimonlik fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan koreys xalq milliy musiqasi, milliy raqsi koreys millatining madaniyati, san’ati, urf-odat va marosimlari haqida katta ma’lumot berdi. Tadbirda talabalar hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi, koreys va ingliz tillarida ajoyib kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Maxsus fan oyliklarining tez-tez o‘tka­zib turilishi o‘quvchi-yoshlarning bilim va mahoratlari ortishiga, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlariga zamin yaratibgina qolmay, pedagog-o‘qituvchilar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Manzura QODIROVA,

Samarqand pedagogika kolleji o‘qituvchisi