Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Universiada mash'alasi Samarqanddan olib o'tildi

http://zarnews.uz  06.06.2013.

     Viloyat jamoatchiligi vakillari, O‘zbekiston va jahon chempionlari, umidli sportchilar va talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar uch bosqichli sport musobaqalari Olimpiada o‘yinlariga qiyoslanib, mash’ala yoqish marosimi bilan boshlanishida ulkan ramziy ma’no ifodalanganini aytib o‘tdilar. Aslida ham mamlakatimiz yoshlarining jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etishayotgani, hech kimdan kam emasliklarini isbotlashida «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport musobaqalarining ahamiyati ortib borayotgani e’tirof etildi. 

universiadasdsad

O‘sha erning o‘zida sportchilar estafetasi ham o‘tkazildi. Nuroniy otaxonu onaxonlar duoga qo‘l ochib, mash’ala tutgan sportchilarni keyingi manzil – Navoiy viloyatiga kuzatib qo‘ydilar. Tadbirda viloyat hokimi Z.Mirzaev ishtirok etdi.