Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O'zbekiston imkoniyatlari Shtiriyada taqdim etildi

Xalq so'zi 2013-yil 24-iyul №143

Avstriyaning Shtiriya federal o’lkasida joylashgan Leoben shahrida O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizning Avstriyadagi diplomatiya missiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirdan Leoben shahar ma’muriyati va jamoatchiligining vakillari hamda jurnalistlar qatnashdi.

Tadbirda yurtimizning “o’zbek modeli” asosidagi zamonaviy taraqqiyotga oid atroflicha ma’lumotlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Bunda mazkur rivojlanish modeli tufayli O’zbekiston dunyoning jadal rivojlanayotgan davlatlari safidan o’rin oligani va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etolgani bilan bog’liq jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalarining keng sarmoyaviy imkoniyatlari, xorijlik sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulayliklar, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik jabhasining taraqqiyoti to’g’risidagi axborotlar ham to’planganlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Leoben shahri meri Kurt Valner mazkur shahar Avstriya tog’-kon sanoatining markazlaridan biri sanalishini hamda bu yerda metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, logistika, oziq-ovqat sanoati sohasidagi yirik kompaniyalar faoliyat yuritayotganini aytdi.

K. Valner O’zbekistonning turli sohalarda erishgan muvaffaqiyatlarini yuqori baholar ekan, Leoben iqtisodiy va madaniy-gumanitar jabhalarda O’zbekiston bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalarini o’rganishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Leoben shahri merining madaniyat va ta’lim masalalari bo’yicha muovini Maksimilian Yager esa ushbu shaharda mineral resurslarni ishlash, neft-gaz, metallurgiya, mashinasozlik, sanoatda energetika texnologiyalari singari va boshqa sohalar uchun mutaxassislar tayyorlaydigan nufuzli Leoben-Montan universiteti joylashgani xususida atroflicha to’xtaldi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatimiz tog’-kon sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Leoben-Montan universiteti va O’zbekistonning shu sohaga ixtisoslashtirilgan oily o’quv yurtlar o’rtasida hamkorlikning o’rnatilishi ikki mamlakat munosabatlarining yanada kengayishiga xizmat qiladi.

“Jahon” AA.

Vena