Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Vatanimga xizmat qilaman

Viloyatimizdagi harbiy qismlar, ta’lim dargohlari va mahallalarda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari uyushtirildi 

Samarqand davlat chet tillar institutida ham sana munosabati bilan bir qator tadbirlar o’tkazildi.

Dastlab Qurolli Kuchlar safida xizmat vazifasini o’tab, imtiyozli ravishda institutga qabul qilingan talabalar va institut jamoasi Matamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yishdi. Vatan himoyasi yo’lida jonlarini ayamagan fidoyilar yodga olindi.

Shundan so’ng Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-mahundislik bilim yurti ofiser va kursantlari ishtirokida yurt himoyasi, vatanparvarlik mavzularida davra suhbati uyushtirildi va talabalar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi.

Tadbir so’ngida institutda faoliyat olib borayotgan Afg’on urushi qatnashchilari, musobaqada faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Nargiza Asatova

“Zarafshon” gazetasi. 2015 yil 17 yanvar, 7-8-son