Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xalq diplomatiyasi – xalqaro aloqalarni mustahkamlash omili

ZARAFSHON 85 16-07-2013

http://zarnews.uz/

     Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi tashabbusi bilan shu mavzuda seminar o‘tkazildi.

Unda Kengashning viloyat bo‘limi xodimlari, “O‘zbekiston-Eron” do‘stlik jamiyati a’zolari hamda Samarqand shahri va Oqdaryo, Pastdarg‘om, Jomboy, Tayloq, Samarqand tumanlari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda talabalar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti doirasida tashkil etilgan seminarda o‘zbek xalqi milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, madaniyati, san’ati, shuningdek, viloyatimiz mahallalarida istiqomat qilayotgan ko‘p millatli aholining milliy qadriyatlarini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida gap bordi. 

- Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda xalq diplomatiyasining o‘rni beqiyos, - deydi grant rahbari Muqima Abdullaeva. – Shu jihatdan Kengash o‘z faoliyatini respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar ichida fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirishga, millatlararo hamjihatlikni, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashda xalq diplomatiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratmoqda.

 Baxtiyor MUSTANOV.