Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yilning eng faol yosh olimi aniqlandi

Kecha O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “Eng faol yosh olim” tanlovining mamlakat bosqichi o’tkazildi.

O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, iqtidorli mutaxassislarni aniqlash, ularni rag’batlantirish, kasb mahorati va bilim darajasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilayotgani e’tirof etildi. 
“Eng faol yosh olim” tanlovida turli yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan, innovasion-texnik g’oyalarni ilgari surib kelayotgan yurtimizning sakkiz nafar zukko yosh mutaxassisi bellashdi. 
Tanlov shartlarida yosh ilm-fan tadqiqotchilari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan uslub va tajribalar sinovdan o’tkazildi. Xususan, yosh olimlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ularning yangi ixtirolari, “nou-xau”lari, ilmiy-texnik ishlanmalari, fanga doir monografiyalari, darsliklari, o’quv qo’llanmalari, turli xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki kabi omillarga alohida e’tibor qaratildi. 
“O’z huquqingizni bilasizmi?” mavzusidagi savol-javoblar shartida ishtirokchilar mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda yosh pedagoglarga berilayotgan imtiyoz va huquqlarni to’liq o’zlashtirganliklarini ko’rsatdilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarini ingliz tilida ham bayon qilish imkoniyatidan foydalandilar.
“Eng faol yosh olim” tanlovida  poytaxtlik Oybek Abdulxayev birinchi, buxorolik Otabek Qahhorov ikkinchi va farg’onalik Jamoliddin Qambarov uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, tanlov doirasida “Eng ilmiy salohiyatli olim”, “Eng iqtidorli olim”, “Eng zakovatli  olim” kabi nominasiyalar bo’yicha ham eng faol yosh mutaxassislar aniqlandi. 
o’oliblar ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining esdalik sovg’alari va diplomlari bilan taqdirlandi. Ularga  Mustaqilligimizning 23 yilligi oldidan tashkil etiladigan “Yosh mutaxassislar” respublika forumida qatnashish uchun yo’llanma berildi.


Omonulla FAYZIYeV,
«Xalq so’zi» muxbiri.
17 Июл 2014 06:56