Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yosh kimyogarlar Samarqandda

www.zarnews.uz № 50-51, 30.04.2013

kimyoosafsa (1)

 Jumladan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseydagi o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayoni, o‘quvchilarning respublika va xalqaro fan olimpiadalaridagi muvaffaqiyatlari mehmonlarda katta qiziqish uyqotdi. Bugungi kunda mazkur muassasada 1300 nafardan ziyod yoshlar ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta’lim olmoqda. Ular har yili fan olimpiadasining viloyat va respublika bosqichida yuqori natijalarni qayd etmoqda.               

Ayniqsa, aniq fanlar va xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda litsey o‘quvchilari respublika jamoasi tarkibida yurtimiz yoshlarining bilim va zakovatini namoyon etib kelmoqdalar. Shu paytgacha litsey o‘quvchilaridan uch nafar qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

– O‘zbekistonda birinchi bor bo‘lishim va yurtingiz menga juda yoqdi, – deydi beloruslik olimpiada ishtirokchisi Aleksandra Radchenko. – Toshkent va Samarqand shaharlarining tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan binolari, bog‘lari har qanday kishini hayratlantirishi tabiiy. Olimpiada jarayonida, shuningdek, ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish davomida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning juda kuchli va bilimli ekaniga ishonch hosil qildim.

Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyda bo‘lgan olimpiada ishtirokchilari dars mashg‘ulotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, interfaol usullarda olib borilishini hayrat bilan kuzatdilar. O‘quvchilar bilan suhbatlashib, bir-birlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. 

– Ajdodlaringizning ilm-fan sirlarini chuqur egallab, shuhrat qozongani tarixdan yaxshi ma’lum, – deydi vengriyalik o‘qituvchi Gabor Magyarfiale. – Lekin bugun shunga amin bo‘ldikki, ayni paytda kamolga etayotgan yosh avlod ularga munosib voris bo‘lib o‘smoqda. Bu ta’lim muassasalaridagi zamon talablariga mos sharoit va imkoniyatlar, o‘quvchilarning fanga qiziqishi va ularga ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning zukkoligi, keng dunyoqarash va bilimga egaligida ham namoyon bo‘lmoqda. Pedagoglarning aksariyatini shijoatli, tashabbuskor va g‘ayratli yoshlar tashkil qilayotgani ham buning yorqin misolidir.
Samarqandga safar davomida mehmonlar shahardagi tarixiy obidalar, mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlarda ham bo‘ldilar. Ularga bu obidalarning yaratilish tarixi, yurtimizda ajdodlar merosiga munosabat haqida batafsil ma’lumot berildi.

mendelev_chemistry_olympiad_uzbek_team

 

A.Isroilov.