Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasblar va talaba yoshlar!


19820426_0017591Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus ta’lim va  xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Buning natijasi o‘laroq, institutda hozirda 3 fakultet, 14 kafedra, 14 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Ta’lim sifati ta’minoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multmedia uskunalari bilan jixozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 11 ta  yo‘nalishda bakalavriatura, 5 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 4 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud. Bugungi kunda ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, yapon, koreys va xitoy tillari hamda tarjimonlik mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. O‘tgan davr mobaynida SamDCHTIda 4 nafar Prezident stipendiyasi, 10 dan ortiq A.Navoiy nomidagi stipendiya sohiblari hamda 100 dan ortiq turli dasturlar, olimpiadalar va xalqaro ko‘rgazmalar g‘oliblari yetishib chiqdi.

SamDCHTI xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan ilmiy, amaliy-pedagogik va texnikaviy sohalarda jami 45 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan.

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va e’tiborga molik oliy ta’lim maskaniga aylandi. 

Bugungi kunda xorijiy tillarni o`rganish davr talabiga aylanib bormoqda, shunday ekan, yaratilgan barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, o`z kasbingizning mohir ustasiga aylanishga sizni chorlab qolamiz aziz yoshlar!

SamDCHTI rektori  I.Tuxtasinov