Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ilmiy tadqiqotchilik yo’nalishlari

Institutda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu yo‘nalishlar quyidagilar:

  1. Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari.

Ilmiy rahbar: prof. N.Q.Turniyozov

  1. Til tizimining matn va lug‘atda namoyon bo‘lishi.

Ilmiy rahbar: prof. A.M.Bushuy

  1. Matnning lingvostilistik talqini.

Ilmiy rahbar: prof. B.X.Rizaev

  1. Gapning ichki va tashqi qurilmasi va uning qiyosiy tipologiyaga tadbiq etish muammolari.

Ilmiy rahbar: prof U.O‘. Usmonov

  1. Lisoniy faoliyatning ijtimoiy xususiyatlari

Ilmiy rahbar: prof. SH. Safarov

  1. Jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy muammolari.        Ilmiy rahbar: prof. R.T.SHodiev

         Joriy yilda institutda quyidagi 4 ta ilmiy maktab faoliyat ko‘rsatmoqda:

  • Til tizimi va sotsial muhit.
  • Derivatologiya maktabi.
  • Umumiy va roman-german tilshunosligi maktabi.
  • Gapning ichki va tashqi qurilmasi va uning qiyosiy tipologiyaga tadbiq etish muammolari.

Derivatologiya maktabida “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusida ish olib borilmoqda. Bu maktabga umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, Turniyozov Ne’mat Qayumovich rahbarlik qiladi.

Mazkur tilshunoslik maktabida “Til va nutq dixotomiyasi” muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan masalalarning ilmiy talqiniga asoslangan tadqiqot ishlari olib boriladi. Hozirgi davr jahon tilshunosligida o‘ta dolzarb hisoblangan masalalardan biri til sistemasi belgilarining nutqqa ko‘chirilish muammosining ilmiy talqinidir. Ana shu jihatdan til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlarini o‘rganish ustivor ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 4 kishi doktorlik dissertatsiyasi ustidan ish olib bormoqda.

Umumiy va roman-german tilshunosligi maktabida “Tilning sistem-strukturaviy va nominativ-kommunikativ tarzda namoyon bo‘lishi” mavzusida ish olib borilmoqda. Bu maktabga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Anatoliy Mixaylovich Bushuy rahbarlik qiladi.

Ushbu maktabda umumiy tilshunoslikning asosiy muammolari, jumladan, tilning mohiyati, til shakllari va vazifalari, turli jahon tillarining strukturaviy tuzilish qonuniyatlari, rivojlanishi, qo‘llanilishi va o‘zgarishi, so‘z ma’nosining predmet-tushuncha munosabatlari, jahonning lisoniy manzarasi (til va borliq), tilning tizimli-sathiy strukturasi; tilning ko‘p elementliligi; tilda tizimlilik va tarkibiylikning o‘zaro bog‘liqlik munosabati, tizim va matn, til va ob’ektiv borliqni anglash, tilning individualligi va tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik kabi muammolar o‘rganiladi. 

Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 4 kishi doktorlik dissertatsiyasi ustidan ish olib bormoqda.

Gapning ichki va tashqi qurilmasi va uning qiyosiy tipologiyaga tadbiq etish muammolarimaktabiga f.f.n., dots. O‘rol Usmonov rahbarlik qiladi.

         Ushbu maktabda gap qurilmasida sintaktik birliklarning sintaktik aloqalarni, differensial sintaktik va semantik belgilarni qiyosiy tadqiq qilish o‘rganiladi. Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha          3 kishi doktorlik dissertatsiyasi ustidan ish olib bormoqda.

“Til tizimi va sotsial muhit”nomlimaktabga f.f.d., prof. Safarov SHahriyor Safarovich rahbarlik qiladi.

         Lison ijtimoiy hodisa sifatida inson faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ammo lisoniy faoliyatning ijtimoiy xususiyatlari masalalari to‘lig‘icha o‘rganilmagan. Bu holatni tushunish va uning echimini topish uchun til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni hamda ijtimoiy muhitni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Til tizimining rivoji, uning u yoki bu qismlari, sathlarining o‘zgarishi bevosita sotsial muhitda yuzaga keladigan holatlar bilan bog‘liqdir. Til o‘z sohibi bo‘lgan millat, elatning turmush sharoitida kechayotgan voqea-hodisalarini o‘zida aks etadi. SHu sababli tilshunoslik fanida yuzaga kelgan interlingvistik nazariyalar tahlili muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Interlingvistik nazariyalar doirasida yuzaga kelgan muammolar qatori kengayib bormoqda, chunki til va jamiyat, til va madaniyat munosabati, lisoniy faoliyatni modellashtirish va sun’iy intellektni yoritish, axborotlar qidiruvining lisoniy omillarini topish masalalari hanuz dolzarbdir. Bu muammolar filologiya va chet tillar fakultetlari o‘quv rejalaridan sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, madaniyatlararo muloqot kabi predmetlar o‘rin olishi bilan yanada dolzarblashdi.

         Hozirda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 7 kishi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.