Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“TALABALAR TURAR JOYI” TO’G’RISIDAGI NIZOMI

Umumiy qoidalar

     1. Ushbu “Nizom” Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi “Talaba (o’quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 11-son buyrug’i asosida ishlab chiqildi.
     2. Institutga uzoq shahar va viloyatlardan kelib ta’lim olayotgan talabalarni vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joyi” tashkil etiladi.
     3. Talabalar turar joylari direksiyasi – mazkur Nizom asosida Institut rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o’z faoliyati yo’nalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega bo’lib, talabalar turar joyining ma’muriy, xo’jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.
     4. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.      5. Talabalar turar joyining moddiy-texnik ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash, kommunal-xo’jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizasiya, suv quvurlarini ta’mirlash) va boshqa shart-sharoitlar Institut tomonidan ta’minlanadi.
     6. Talaba turar joyi olish uchun ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Mazkur ariza o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilgach, talabani turar joyiga joylashtirish ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.
     7. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro’yxatga olinadilar. Ro’yxatga olish ishlari direksiya boshlig’i va pasportist(ka) tomonidan amalga oshiriladi.
     8. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog’lomlashtirish ishlari va talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik Institut rektori zimmasiga yuklatiladi.
     9. Talabalar turar joylariga Institut ishchi-xizmatchilari, begonalar, talabalarning oila a’zolarini joylashtirish qat’iyan man etiladi.
     10. Talabalar turar joylarida yashash uchun to’lov miqdori Institut rektori buyrug’i bilan belgilanadi.

Batafsil...