Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Obodonlashtirish

Samarqand davlat chet tillar institutida moddiy texnik bazani mustahkamlash va obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari to’g’risida ma’lumot

Institut moddiy texnika bazasini mustahkamlash va obodonlashtirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ingliz filologiyasi fakulteti binosi SamDU ning 3-son talabalar turar joyi binosining 4-5 qavatida ixtisoslashmagan xonalarda tahsil olib kelishmoqda. SamDUning 2014 yil 7 avgustdagi 8772-01-sonli xati va institutning 2014 yil 7 avgustdagi 1009/28-01-62-sonli xatilariga asosan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 25 avgustdagi 338-son buyrug’iga asosida SamDUning balansidagi 250 o’ringa mo’ljallangan maydoni 2888 m2 bo’lgan, Samarqand shaxri O’zbekiston ko’chasi 11/9 manzilda joylashgan 2-son talabalar turar joyi binosi institut balansiga bepul o’tkazish bo’yicha buyrug’i chiqdi. Buyruqqa asosan topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan institut balansiga kirim qilindi.

Hozirda ingliz filologiyasining fakultetining yangi o’quv binosida kapital ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ushbu bino xovli qismidagi archalar bosh o’quv bino xovli qismiga ko’chirildi.

Talabalar turar joyining hovli qismidagi kanada grin o’tlari bilan obodonlashtirilgan xududning markazida besedka o’rnatildi.

Institut xududini obodonlashtirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. A.Temur haykalidan H.Olimjon teatrigacha bo’lgan maydonga kanada grin o’tlari ekilgan maydonlarda kundalik tozalash ishlari olib borilmoqda.

Gulzor va daraxtzorlarning yer qismini chopib yumshatildi, bardyurlarni oqlash, daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlari bajarildi.

Bulardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Institut hovlisi va yo’laklardagi bruschatkalar cho’kkan joylari qaytadan terildi.

Lotok va ariqlarda tozalash ishlarini doimiy olib borilmoqda;

Institut hududlaridagi daraxtlarga shakl berildi va oqlandi;

Hududlar yo’laklarini ta’mirlash, bardyura o’rnatildi va oqlandi

Yoritish moslamalari 20 dona lampalar almashtirildi;

Hududlardagi binolar atrofini tozalash va tartibga keltirish; 

Sug’orish tizimini ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda;

Atrofdagi to’plangan qurilish va maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joyga o’z vaqtida olib chiqib ketilishini ta’minlangan;

Targ’ibot vositalarini yangilanib borilmoqda;

Barcha binolarning yerto’lalari, tomlarini ko’rikdan o’tkazish, tozalash, qulflanib nazoratda bo’lishini ta’minlash amalga oshirilib kelinmoqda.

Obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish hamda tartibga keltirish hududlarni fakultetlarga bo’lib berish va ularga mas’ullarni tayinlangan.

image001

Bosh o’quv binosining A.Temur haykalidan H.Olimjon teatrigacha bo’lgan maydonni ko’kalamzorlashtirishga tayyorlash holati

image002

Bosh o’quv binosining A.Temur haykalidan H.Olimjon teatrigacha bo’lgan maydonga kanada grin o’tlari ekilgan holati

image003

Bosh o’quv binosining A.Temur haykalidan H.Olimjon teatrigacha bo’lgan maydonni ko’kalamzorlashtirishga tayyorlash holati

image004

Bosh o’quv binosining A.Temur haykalidan H.Olimjon teatrigacha bo’lgan maydonga kanada grin o’tlari ekilgan holati

P5050093

P5050094

P5050011

P5050012

P5050018

P5050020

 

P5050034

P5050028

P5050020

P5050027

P5050056

P5050061

P5050077