Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Malaka oshirish

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 33-son, 442-modda, 52-son, 646-modda) 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, attestasiyadan o’tkazish jarayonlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Bazaviy oliy ta’lim muassasalarining o’quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni o’qitishning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnikalari va texnik vositalari bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar kompleksi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’lim muassasalarining oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan to’laqonli faoliyat yuritishini tashkil etish bo’yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko’rsinlar.

3. Belgilansinki, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg’ulotlar o’tkazish uchun soatbay ish haqi to’lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 2015 yil 1 sentyabrdan boshlab 25 foizga ko’paytiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriga oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg’ulotlar o’tkazish uchun soatbay ish haqi to’lash shartlari bilan jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga o’quv mashg’ulotlari o’tkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilash huquqi berilsin.

4. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining ishlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni va har tomonlama yordam berilishini ta’minlasinlar.

5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o’zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov va O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2015 yil 20 avgust,

242-son 

Nizomni yuklab olish