Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ustoz murabbiylar kengashi

Ustoz murabbiylar  kengashi faoliyati yo’riqnomasi

Ustoz-murabbiylar kengashi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlash tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari hamda institut Nizomiga tayangan holda faoliyat yuritadi.

USTOZ-MURABBIYLAR KENGASHINING MAQSADI

       Ustoz-murabbiylar kengashi fakultetlarda va guruhlarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish, yuqori tashkilotlardan chiqarilayotgan qaror va buyruqlarning ijrosini nazorat qilish va ta’minlash, guruh murabbiylarining yoshlarni komil inson qilib yetishtirish, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqatli bo’lishga o’rgatish, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini singdirish, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash bo’yicha faoliyatini tashkil etish va nazoratini amalga oshirish maqsadida tuziladi. 

 USTOZ-MURABBIYLAR KENGASHINING VAZIFALARI

Ustoz-murabbiylarning faoliyatini tashkil etish va
muvofiqlashtirish;
Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda institut ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish;
Institut ma’naviyat va ma’rifat kengashining oylik yig’ilishlarida axborot berib borish, institut Ilmiy kengashida har olti oyda bir marta hisobot berish;
Har oyda kengash yig’ilishini o’tkazish va unda ustoz-murabbiylarning hisobotlarini tinglash hamda keyingi oy ish rejasini muhokama qilish;
Institut ota-onalar kengashi hamda pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchilari bilan hamkorlikda talabaning ma’naviy kamoloti yuzasidan so’rovnomalar hamda psixodiagnostika ishlarini amalga oshirish;
Xalqaro hamda O’zbekiston hayotiga tegishli muhim sanalarga bag’ishlangan tadbirlar tashkil qilish va ularning ahamiyatini ochib berishda talabalarga ko’maklashish, tadbirlarni yuksak saviyada o’tkazishga yordam berish;
Institut “Axborot guruhi” bilan doimiy hamkorlikda faoliyat yuritish, ustoz-murabbiylarni “Axborot guruhi” materiallari bilan ta’minlash;
Yotoqxona va ijarada turuvchi talabalarning sharoitlarini o’rganish va yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish;
Talabalarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, dam olishini tashkil qilish va “Ma’naviyat haftaligi” doirasida uyushtirilgan sayohatlarga talabalar ishtirokini ta’minlash;
Guruhning institut yoki fakultet hayotiga molik bo’lgan fikr-mulohazalarini o’rganish va rahbariyatga taklif kiritish;
Ustoz-murabbiylarga metodik yordam ko’rsatish, hisobotini tinglash, tegishli xulosalar chiqarish;
Namunali ustoz-murabbiylarni aniqlash, ularning ish tajribasini ommalashtirish;
Dolzarb masalalar bo’yicha talabalar va soha mutaxassislari ishtirokida  suhbatlar uyushtirish;

USTOZ-MURABBIYNING VAZIFALARI:

Ustoz-murabbiyning vazifasi talabalarga institutdagi o’qish jarayoniga tezroq moslashishiga yordam berish, ularning umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlovchi inson bo’lib yetishishidagi harakatlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iborat.
O’quv yili boshida murabbiylik rejasini tuzish;
Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga va barkamol inson bo’lib yetishishiga hissa qo’shish;
Talabalarda milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini singdirib borish;
Talabalarda yuksak insoniy fazilatlarni, Ona-Vatanimizga va xalqimizga sadoqatni singdirib borish;
Har hafta guruhda murabbiylik soatlarini olib borish;
Har semestrda guruh talabalarining har biri bilan bir akademik soat davomida yakka tartibda suhbat o’tkazish;
Institut rahbariyati va dekanatlarning buyruqlari, farmoyishlari, e’lonlar va institut yangiliklaridan guruhdagi talabalarni xabardor qilish hamda ijrosini nazorat qilish;
Talabalarni institut Nizomi, o’rnatilgan tartib va qoidalar, fakultet va kafedralarning faoliyati bilan tanishtirish;
Guruhdagi talabalarning intizomini muntazam kuzatib borish;
Talabalarning darsga qatnashishini tekshirib borish;
Talabalarni jamoat ishlariga jalb qilish;
Har bir talabaning shaxsiy qiziqishi to’g’risida mukammal ma’lumotga ega bo’lish va bu sohada bilimlarni chuqurlashtirishga yordamlashish;
talabalarning ota-onalari bilan muloqot qilib turish;
O’qituvchi va talabalar orasidagi ziddiyatlarning oldini olish;
Talabalarni davlat, nomdor stipendiyalarga tavsiya etishda faol qatnashish;
Moddiy jihatdan qiynalgan talabalarga yordam ko’rsatish yo’l-yo’riqlarini izlash;
O’tkazilgan mashg’ulotlar xususida  murabbiylar kengashi oldida hisobot berish.

 USTOZ-MURABBIYNING HUQUQLARI:

1. Talabaga tavsifnoma berish;
2. Talaba va o’qituvchi o’rtasidagi muammoli vaziyatni adolatli hal etish;
3. Talabani rag’batlantirish maqsadida rahbariyatga murojaat qilish;
4. Talabaning yashash tarzi bilan bevosita tanishish;
5. Talabaning ota-onasiga murojaat qilish va uning xatti-harakati haqida ma’lumot berish;
6. Lozim bo’lganda talabaning huquqlarini himoya qilish.

 TALABANING HUQUQI

1. Institutning Internet, kompyuter xonalari, ARM, o’quv zallari sport inshootlari, madaniy va turar joy bazalaridan foydalanish;
2. Turli tanlovlar va bayramlarda  talabalar hayotini aks ettirgan tadbirlar bilan faol ishtirok etish;
3. Institut ijtimoiy hayotida erkin va faol qatnashish;
5.Ustoz-murabbiylar bilan istalgan paytda maslahatlashish, jumladan,
Bevosita  o’quv jarayonida;
Elektron pochta orqali;
Telefon orqali;
Har qanday boshqa qonuniy va axloqiy yo’l imkoniyati bilan.

USTOZ-MURABBIYLAR UChUN  ESLATMA

Guruh bilan maxsus tasdiqlangan reja asosida ish olib borish;
Ish rejasini guruhda muhokama qilib borish;
Guruh bilan ishlash jarayonida ish jurnali doimo qo’l ostida bo’lishi lozim;
Talabalar bilan suhbat yoki tadbir mavzusini avvaldan belgilab qo’yish.
Talabalar bilan uchrashuvda hafta yangiliklari va institutda o’tkazilgan tadbirlarda talabalarning ishtirokiga e’tibor berish;
Talabalar bilan uchrashuvda keyingi hafta rejalarini tuzib olish;
Talabalar bilan uchrashuvda ularning nazorat nuqtalari (imtihonlari, ishlari)ni topshirish va olingan ballar jurnalda o’z ifodasini topganligiga e’tibor berish;
Har bir talaba va uning ota-onalari hamda homiylari bilan bog’lanish usullari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;
Talabalarning turar joylari, turmush sharoitlari, ularning hamxonalari yoki oila a’zolari bilan munosabatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Institut miqyosida o’tkaziladigan tadbir va uchrashuvlarda talabalar bilan birga qatnashish;
Talabalarning o’tilayotgan barcha fanlar bo’yicha darsga qatnashishi va o’zlashtirishi haqida to’liq ma’lumot olib turish;
Talabalarning moddiy sharoitlari va ruhiy ahvolidan xabardor bo’lib turish;
Imkon darajasida talabalarning ota-onalari yoki yaqin kishilari bilan muloqot olib borish.

Bugungi kun ustozi qanday bo’lishi kerak?

Yosh avlodni mustaqil davlat fuqarosi sifatida shakllantirish, ularni hayotga, mehnatga, ongli ravishda kasb tanlab, hayotda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish biz ustozlarning dolzarb vazifalarimizdan biridir. Xo’sh, shunday ekan, ustozning o’zi qanaqa bo’lishi, qanday sifatlarga va fazilatlarga ega bo’lishi lozim, degan haqli savol tug’iladi. Ustoz deganda, pedagog-ustoz nazarda tutilayotganligi barchaga ayon bo’lib turgan bo’lsa kerak. Shu o’rinda shoirning “Ilm nuri qadbingda toshsin ustoz, izingdan daryolar ergashsin, ustoz” degan satrlari esga tushadi. Izidan daryolar ergashishi uchun esa o’sha ustoz suv yo’lini, o’zanini ochib borishi lozim.
Yosh avlod tarbiyasi bag’oyat nozik masala bo’lib, ustoz murabbiydan ko’p narsalarni talab qiladi. Jumladan, ustozdan avvalo muloqotga kirishish faoliyati shakllangan bo’lishi lozim. Negaki, bu fazilat talabalar bilan mashg’ulotlarni va tadbirlarni jonli, samarali o’tkazishda bu xislat asqotadi. So’ngra axborot olish va berish qobiliyati ham yuksak davr talabi bo’lib, bu ayni ustozligimizni bildirib turadigan asosiy xislatdir.
Bundan tashqari rivojlantiruvchilik qobiliyati ham bo’lishi kerakki, ustoz o’z dunyoqarashini kengaytirib, bilimlar zaxirasini boyitib borish bilan birga yosh avlodni, shogirdlarni ham shu yo’lga boshlab, ortidan ergashtirmog’i lozim.
Yo’naltiruvchilik qobiliyati orqali esa ta’lim olayotgan talabalarning kasbiy yo’naltirish, kasbiy mahoratini shakllantirish va tarbiyalash ham bizning dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Shuningdek, ustozda tadqiqotchilik qobiliyati ham bo’lmog’i lozim. Bu degani avvalo, darsni o’quv-ko’rgazmali qurollari, turli tajribalar, misollar asosida tashkil etish, bundan tashqari, amaliyot darslarini yangi tadqiqotlar bilan vobasta qilgan holda tashkil etish kerak bo’ladi.
Yangi texnologiya, amaliyot kompyuter imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda qiziqarli tashkil etib, talabalarda ustozlik ko’nikmalarini shakllantirib borish, xalq bilan, auditoriya bilan ishlashni o’rgatib bormoq shart.
Yuqorida aytilgan pedagogik faoliyat turlarini amalga oshirish bilan biz talabalar ongu-shuurida umumpedagogik tushunchalar bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaning shakllanishiga asos yaratgan bo’lamiz.
Bilim–insonning o’qish, ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish kabi xislatlari orqali olgan, o’zlashtirgan va ongida shakllantirgan ma’lumotlar to’plami ekanligini yaxshi bilamiz.
Ko’nikma–o’zlashtirilgan bilimlarni amalda mashq qilish va tak-rorlash natijasida bajariladigan hatti-harakatlar majmui.
Malaka–o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarning hayotga tadbiq etilishi bilan bog’liq  harakatlar majmui.
Respublikamizda qo’llanilayotgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida biz ustozlar-o’qituvchilar, tarbiyachilar, kerak bo’lsa ustalar va yo’riqchilarning alohida o’rni va roli bor.
Shu bilan birga, biz ular ongiga yuksak ma’naviyat urug’larini ham sepib, parvarishlab borishimiz shart va kerak. Buning uchun esa allomalarimiz aytganidek: “Tarbiyachining o’zi yuksak darajada tarbiya-langan bo’lmog’i kerak. Agar biz shogirdlar oldida ma’naviyatli, madaniyatli ekanligimizni namoyon eta olmas ekanmiz, yoki aksincha madaniyatdan yiroqligimizni bildirib qo’ysak, yangi shakllanib kelayotgan yosh kadrlarning ma’naviyati ildiziga bolta urgan bo’lamiz. Qush uyasida ko’rganini qiladi, deganlaridek, ular eshitganidan ham ko’proq ko’rgan hatti-harakatlarni tezroq va beixtiyor o’zlashtirib oladilar”.
Agar biz ma’naviyatli bo’lsak, shogirdlardan jamoat bilan ishlash, jamoat joylarida o’zini tuta bilish, muomala qilish madaniyati borasida biror narsani talab qilishimiz va bu borada biron samaraga erishishimiz oson kechadi.
Tanishuvning dastlabki paytlaridanoq ularga axloq narsalari talabi asosida shogird qanday bo’lmog’i shart degan, savol asosida ma’naviyat, madaniyat axloq qoidalarini ongiga singdirib borsak o’zimizning ular bilan ishlash, muloqot qilish, fan sirlarini o’rgatishimizda muayyan samaralarga erishgan bo’lamiz.

 IMG_7210

IMG_7238

IMG_7178