Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Faoliyat

Asosiy vazifalar va funksiyalar

  • O’zbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar bilan imzolangan davlatlar va vazirliklararo hamda xalqaro bitimlardan kelib chiqqan holda institutning xalqaro hamkorligi strategiyasini ishlab chiqadi, uning asosiy yo’nalishlarini muhokama qiladi va ularni rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
  • institut ilmiy kengashi va institut rektoriga xalqaro aloqalarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritadi;
  • chet el oliy o’quv yurtlari, ilmiy markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik to’g’risidagi shartnomalar loyihalarini ko’rib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar beradi;
  • chet elda ta’lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy-tadqiqot olib borish uchun, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi va boshqa tashkilotlar tanlovlariga tavsiya  qilinayotgan nomzodlarni ko’rib chiqadi;
  • institut fakultetlari, kafedralari va bo’limlarining xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar tomonidn taklif qilinayotgan o’quv-uslubiy dasturlar yaratish va ilmiy-tadqiqot loyihalarida qatnashish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishda fakultetlar, kafedralar va bo’limlarga har tomonlama va atroflicha yordam beradi;
  • chet ellik olimlar, professor-o’qituvchilarni ma’ruza o’qish, seminarlar tashkil qilish va boshqa o’quv-metodik va ilmiy ish olib borish, xorijiy fuqarolarni talaba yoki tinglovchi sifatida jalb etish maqsadida taklif etish masalalarini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
  • xalqaro hamkorlikning boshqa sohalari bo’yicha masalalarni ko’rib chiqadi va takliflar kiritadi;

Huquq va vakolatlari

  • xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama memorandum va shartnomalar tuzish, ularga o’zgartirish va tuzatishlar kiritish;
  • professor-o’qituvchilar va talabalarni chet elda o’qish, malaka oshirish, stajirovka o’tash, ilmiy izlanishlar o’tkazish va ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish uchun yuborishga tavsiya berish masalalari yuzasidan takliflar kiritish;
  • chet elda ta’lim olish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish  yoki malaka oshirish uchun jo’natiladigan nomzodlarni tavsiya qilish;