Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

XALQARO KONFERENSIYA VA SEMINAR TRENINGLAR

2016-yilda institutning sharq tillari kafedrasi xitoy o’qituvchisi Ibodullayeva Ozodagul Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay Universitetida magistratura bosqichida tahsil olib qaytdi.
TEMPUS DeTEL loyihasi doirasida institutning xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Yusupov Otabek Yakubovich 2016 yil 28 yanvardan 10 fevralgacha bo’lgan muddatda Buyuk Britaniyaning Birmingem shahri Aston Universitetida tashkil etilgan loyihaning Kengaytirilgan Koordinatsion yig’ilishida hamda seminar-treninglarda ishtirok etdi.
Joriy yilning 12-26 aprel kunlari Jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi Razzakov Jonibek Osaka shahri Kansay yapon tili institutida stajirovka o’tab qaytdi.
Joriy yilning 23-iyunidan 17-iyuligacha bo’lgan muddatda Nemis tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Galiullov Marat Germaniyaning Parets shahri Hohyenxaym universitetida tashkil etilgan o’qituvchilar malakasini oshirish xalqaro seminar-treningida samarali ishtirok etib qaytdi va SamDChTIda o’qituvchilar uchun mahorat darslarini tashkil etdi.
Joriy yilning 25-iyunidan 11-iyuliga qadar Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi o’qituvchisi Dehkanova Dilnoza hamda Nemis tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Anorqulov Sanjarlar Germaniyaning Frayburg Universitetida Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo’ljallangan “544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR “Yevropa tillarini o’qitishni rivojlantirish: zamonaviy Texnologiyalar asosida o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha magistratura dasturini yaratish” loyihasi doirasida tashkil etilgan Seminar – treninglarda ishtirok etishdi.
Joriy yilning 8-9 mart kunlari institut rektori G’. Raximov Janubiy Koreyaning Xankuk xorijiy tillar Universitetida tashkil etilgan Osiyoning xorijiy tillar universitetlari “Rektorlar Forumi”da ishtirok eshtirok etdi va “O’zbekistonda xorijiy tillarni o’rganish tizimini takomillashtirish istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi. Forumning maqsadi Osiyoda joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini shakllantirish, qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirish, Chet tillarni o’qitishni yanada takomillashtirish masalalariga qaratilgan.
Institut Rektori tashrif davomida Xankuk xorijiy tillar Universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari fakulteti talabalari va magistrantlari uchun “O’zbekistonning mustaqillik yillarida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari” va “O’zbekistonda ta’lim tizimi” mavzularida ma’ruza o’qidi.
Joriy yilning 6-8- aprel kunlari Qozog’iston Respublikasi Karaganda davlat universitetida tashkil etilgan xorijiy tillar bo’yicha xalqaro talabalar olimpiadasida institutning 5 nafar talabasi ishtirok etib, nemis va xitoy tillari bo’yicha faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
Joriy yilning 2-sentyabridan 1-oktyabrigacha bo’lgan muddatga esa Ingliz tili fakulteti 3-bosqich talabasi Axmadova Rushana Germaniyaning Brauyenshvayg Texnika Universiteti Tillar Markazi granti asosida yozgi "Nemis tili va madaniyati" til kursida ishtirok etish maqsadida xorijiy safarga yuborildi.
Joriy yilning 9-11 dekabr kunlari XXR Yunan provinsiyasi, Kunming shahrida bo’lib o’tgan Konfusiy Institutlari Bosh boshqarmasi Xanban tashkilotining “Build the Global Network Linking the Hearts of All Peoples” mavzusidagi XI xalqaro Konferensiyasi SamDChTI qoshidagi Konfutsiy Instituti direktori prof. Sh. Safarov ishtirok etdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti bir qator xalqaro grantlar va Yevropa ittifoqining Tempus dasturi doirasida bir qator loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, QAPD:  Enhancement of Quality Assurance System through Professional Development of Academic Leaders (516996-TEMPUS-1-2011-1-GB-TEMPUS-SMGR) loyihasi doirasida institutga 52000 YeVROga teng zamonaviy ta’lim texnikasi keltirildi. Ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim jarayonini innovasiyalashtirishga qaratilgan mazkur loyiha natijasida so’ngi texnologiyalar bilan jihozlangan “Innovasiya va Sifat ta’minoti” markazi ta’sis etildi. QAPD: Enhancement of Quality Assurance System through Professional Development of Academic Leaders (516996-TEMPUS-1-2011-1-GB-TEMPUS-SMGR) loyihasi doirasida Britaniyaning London Metropolitan O’niversiteti bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi va hozirgi kunda hamkorlikda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyihalar ishlab chiqilmoqda.

1

2

Institutda 2012 yilning 15 oktyabridan Yevropa ittifoqining Tempus dasturi 530786-TEMPUS-1-2012-1-NL-TEMPUS-SMHES raqamli TuCAHEA-“Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengligini yaratish yo’lida struktural adaptasiya va ta’lim sifatini oshirish” mavzusidagi loyihasi ish boshlagan. Loyihaning maqsadiga ko’ra, “Posobiye polzovatelya i oriyentirы» («konseptualnыye ramki»), “Yo’l ko’rsatuvchi va foydalanuvchining qo’llanmasi” (“belgilangan tamoyillar) nomli 8 xil predmet guruhlardagi O’rta Osiyo Oliy ta’lim tizimiga mos keladigan qo’llanma ishlab chiqilmoqda.

PA290917

 

2

2013 yil yakunida institut TEMPUSning yana bir grant-loyihasini qo’lga kiritdi. Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo’ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” “544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR “Yevropa tillarini o’qitishni rivojlantirish: zamonaviy texnologiyalar asosida o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha magistratura dasturini yaratish” loyihasi deb nomlangan. Bu loyiha bosh kordinatori Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti bo’lib, mazkur grantning maqsadi Yevropa tillarni zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalar va onlayn-texnologiyalar asosida o’qitish, magistratura ishchi dasturlarni takomillashtirish va shu asosda o’qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan.

 2 3 4 5

Bundan tashqari, SamDChTIda Yevropa Ittifoqining “ERASMUS MUNDUS Action 2” dasturi “SILKROUTE Project”SILKROUTE – “SILK ROad Universities towards Europe”loyihasining a’zosi va buloyiha doirasida e’lon qilingan ta’lim grantlariga institutning professor-o’qituvchilar, magistrlar, ilmiy xodim va tadqiqotchilar hamda talabalar arizalar topshirib, xorijiy OTMlarida malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritib kelishmoqda.

SamDChTI ko’plab xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, British Council, Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti, KOICA, JICA, va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan ham yaqindan hamkorlik o’rnatilgan. Hozirda Yaponiyaning JICA tashkilotidan bir nafar ko’ngilli o’qituvchi, Koreyaning KOICA tashkilotidan 3 nafar ko’ngilli o’qituvchilar institut talabalariga xorijiy tillardan saboq berib kelishmoqda

21571 (1)  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.09.2013 y. F-4131-sonli “Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning O’zbekiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikkitomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi Farmoyishiga asosan 2014 yil 27 noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida “Konfusiy instituti” tashkil etildi va u 2015 yilning yanvar oyidan o’z faoliyatini boshladi.  Mazkur institutda hozirgi kunda 3 nafar xitoylik o’qituvchi talabalarga Xitoy tili va madaniyatidan saboq berishmoqda.