Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xorijda malaka oshirish

Samarqand davlat chet tillar institutiga xorijiy davlatlarning turli oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlari bilan  malakali professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yulga qo’ygan.

2015 yilning sentyabridan 2016 yilning avgustiga qadar Sharq tillari kafedrasi xitoy tili o’qituvchisi Tugalov Husan Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasida 1999 yil 8 noyabrda imzolangan Bitimga asosan hamda Shanhay Hamkorlik Tashkiloti doirasida ajratilgan grant dasturi natijalariga ko’ra Beyjing til va madaniyat Universitetida malaka oshirib qaytdi. 

2016 yil 1-iyuldan 30 sentyabrgacha bo’lgan muddatga Italyan va ispan tillari kafedrasi o’qituvchisi Xakimov Muxamadali Italiyaning Siyena Universitetida tashkil etiladigan Italyan tilini o’qitish sohasida malaka oshirish kurslariga yuborildi.
2016 yil 24-iyuldan 6 avgustgacha bo’lgan muddatga Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Nasimova Dilbar Fransiyaning Vishi shahri CAVILAM ta’lim markazida tashkil etilgan Fransuz tili o’qituvchilarining malaka oshirish kurslarida ishtirok etib qaytdi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Yilning eng yaxshi Chet tili o’qituvchisi” ko’rik-tanlovi g’olibasi institutning 1-kurs magistranti Musayeva Aziza 2017 yilning 6-20 yanvar kunlari Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’limi institutida stajirovka o’tash imkoniga ega bo’ldi.
2016/2017 o’quv yilining sentyabr oyidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasida 1999 yil 8 noyabrda imzolangan Bitimga asosan SamDChTI tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, xitoy tili yo’nalishining 7 nafar talabalari; Nuriddinov Begzod, Xudoykulov Shaxboz, Hamdamova Charos, Hamrokul-zoda Shaxzod, Xatamov Sunnatillo, Eshmonov Eldor, Norkulov Azizjonlar Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ko’magida XXR oliy ta’lim muassasalarida 1 yil davomida stajirovka o’tash uchun yuborildi.
2016 yil 12-26 aprel kunlari Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti yapon tili yo’nalishining 6 nafar talabalari; Abdullaeva Muxlisa, Enikeeva Kamila, Yuldosheva Latofat, Rajabova Zilola, Jamolov Sherzod va sagatova Sabinalar Yaponiyaning Osaka shahri Kansay yapon tili institutida stajirovka o’tashdi.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, yapon tili yo’nalishi 2-bosqich talabalari Buriyev Bobur, Shamirzayev Inomjon va mazkur fakultetning 1-kurs magistranti Amonova Nodirabegim 2016 yiling 14-iyunidan 9-sentyabrigacha bo’lgan muddatda Yaponiyaning "Hokko Gakuen Welfare Proessional School" kollejida stajirovka o’tab qaytishdi.
2016 yil 3-30 avgust kunlari Roman-german tillari fakulteti, nemis tili yo’nalishi 2 - bosqich talabalari Raximov Nosir (Myunster Universitetida), Karimov Jamshid (Frayburg Universitetida), Ummatov Farhod (Aaxen Universitetida), Safarova Maxdumaxon (Triir Universitetida) Germaniya Federativ Respublikasining “Germaniya Ta’lim Almashinuv Xizmati” (DAAD) ta’lim tashkiloti granti asosida yozgi til kurslarida ishtirok etishdi.
Institut Yevropa Ittifoqining “ERASMUS MUNDUS Action 2” dasturi “SILKROUTE Project” SILKROUTE – “SILKROad Universities towards Europe” loyihasi granti sovrindori sifatida roman-german filologiyasi fakulteti ispan tili ta’lim yo’nalishi talabasi Muminov Abdumalik 2015 yil 1 sentyabrdan 2016 yil 30 iyungacha bo’lgan muddatda Ispaniyaning Kantabriya Universitetida tahsil olib qaytdi.
Xitoy tili mutaxassisligi magistranti Norbutayev Shoxrux XXR Elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ta’lim grantlari asosida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 10 Sentyabrdagi 335-sonli buyrug’i bilan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin til va madaniyat Universitetida 2015 yilning sentyabr oyidan 2016 yilning iyun oyigacha bo’lgan muddatda tahsil olib qaytdi.
SamDChTI va Yaponiyaning Sukuba universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan institut talabasi Jo’ramurodov Doston mazkur universitetda magistratura mutaxassisligi bo’yicha almashinuv dasturi asosida tahsil olib qaytdi.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, koreys tili yo’nalishi 2-kurs talabasi Raxmonov Zarrux Janubiy Koreyaning Chonbuk Milliy universitetida almashinuv dasturi asosida ta’lim olmoqda.

2013 yil 25 sentyabrdan 2014 yil iyul oyigacha yapon tili yo’nalishi talabasi Hasanov Firdavs Yaponiyaning Sukuba universitetida ta’lim olish uchun xorijiy safarga yuborildi.

2013 yil 16 dekabrdan 2014 yil aprel oyiga qadar institutning Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili fonetikasi kafedrasi, italyan tili o’qituvchisi Rustamova Dilbar Italiyaning Siyena Xorijliklar Universitetida “Italyan tili didaktikasi yo’nalishi” bo’yicha malaka oshirish uchun ilmiy safarga yuborildi.

 2014 yil 3 martdan 29 avgustgacha Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi koreys tili o’qituvchisi Eshimova Sharofat “Korea Foundation” tomonidan o’tkazilgan grant dasturida ishtirok etdi va tanlov g’olibi bo’ldi va Janubiy Koreyaning Sogang universitetida “Koreys tili va madaniyati kursi”da kursda qatnashish  uchun yuborildi.

2014 yil 7 iyuldan 25 iyulgacha bo’lgan muddatda Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Balasanyan Albina Anatolyevna Fransiyaning Vishi shahri Kavilam – Fransuz Alyansida tashkil qilinadigan “Fransuz tili va pedagogikasi” yo’nalishidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi uchun xorijiy  safarga yuborildi.

2014 yil 3 iyuldan 20 sentyabrgacha bo’lgan muddatda Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi koreys tili o’qituvchisi Bazarova Shaxlo KOICA tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ta’lim grantlari g’olibi bo’ldi va Janubiy Koreyaning Hankuk Xorijiy tillar Universitetida malaka oshirish uchun Xorijiy safarda bo’lib qaytdi. 

2014 yil 7 iyuldan 26 sentyabrgacha bo’lgan muddatda italyan tili o’qituvchilari Shadiyeva Diana hamda Karimov Ravil Italiyaning Siyena Xorijliklar Universitetida malaka oshirib qaytishdi.

Shu jumladan, 2014 yilning avgust oyida institutning 8 nafar talabasi Germaniyaning turli oliy o’quv yurtlarida yozgi kurslarda qatnashishdi.

2014 yil 1 sentyabrdan 2015 yil 25 fevralgacha Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi mudiri v.v.b. D.Turayeva Janubiy Koreyaning “Korea Foundation” jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan grant dasturida ishtirok etib  tanlov g’olibi bo’ldi va Janubiy Koreyaning Sogang universitetida “Koreys tili va madaniyati kursi”da malaka oshirish uchun yuborildi.

SamDChTI va Yaponiyaning Fukuoka prefekturasi o’rtasida 19.05.2010 yilda imzolangan Bitimga asosan Institut ingliz filologiyasi fakulteti 4 - bosqich talabasi Hotamova Parvina Yaponiyaning Fukuoka Ayollar oliygohida madaniyat almashinuvi dasturi doirasida 2014 yil 1 oktyabrdan  30 oktyabrgacha bo’lgan muddatda Yaponiyaning Fukuoka Ayollar oliygohida “Yapon tili, adabiyoti va madaniyati” kursida ta’lim olish uchun xorijiy safarga yuborildi.

-xorijiy davlatlarda tashkil etilgan malaka oshirish, tajriba almashish, o‘quv kurslari (professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, xodimlar);

Institutning “Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi koreys tili o‘qituvchisi Eshimova Sharofat “Korea Foundation” tomonidan o‘tkazilgan grant dasturida ishtirok etdi va tanlov g‘olibi bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 13.02.2014 dagi 87-02-328 sonli modemnomasiga asosan 2014 yil1 sentyabrdan 2015 yil 25 fevralgachaJanubiy Koreyaning Sogang universitetida “Koreys tili va madaniyati kursi”da malaka oshirib qaytdi.

SamDCHTI hamda XXR SHanxay Xorijiy tillar Universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik Bitimiga asosan, institut Osiyo mamlakatlari tillari Xitoy tili o‘qituvchisi Ibodullaeva Ozodagul 2014 yil 26 avgustdan 2016 yil 15 iyulgacha bщlgan muddatda XXR SHanxay Xorijiy tillar Universiteti magistratura bosqichida tahsil olish uchun xorijiy safarda bo‘lib qaytdi.

Institutning “Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi mudiri v.v.b. D.Turaeva Janubiy Koreyaning Korea Foundation” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan grant dasturida ishtirok etdi va tanlov g‘olibi bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11.09.2014 dagi 87-02-2250 sonli modemnomasiga asosan 2014 yil 1 sentyabrdan 2015 yil 25 fevralgacha Janubiy Koreyaning Sogang universitetida “Koreys tili va madaniyati kursi”da malaka oshirish uchunxorijiy safarda bo‘lib qaytdi.

Mazkur kafedraning yana bir koreys tili o‘qituvchisi Baxranova Dilnoza Usmonqulovna KOICA Xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan e’lon qilingan ta’lim grantlarida ishtirok etdi va 02.07.2015 yildan 19.09.2015 yilgacha bo‘lgan muddatda Koreya Xorijiy tillar Universitetida (Seul) “Koreys tili mutaxassislari tayyorlash va ularning malakasini oshirish” dasturi doirasida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi va xorijiy safarda bo‘lib qaytdi.

“ERASMUS MUNDUS Action 2” dasturining “SILKROUTE Project” loyihasi doirasida institutning xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi  YUsupov Otabek YAkubovich 2015 yil 1 iyundan 30 iyungacha bo‘lgan muddatda Italiyaning Paduya Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limida“Xalqaro munosabatlar sohasida kadrlar almashinuvi” dasturi bo‘yicha xorijiy safarda bo‘lib qaytdi.

2015-2016 o‘quv yili uchun XXR Elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ta’lim grantlarida institut xitoy tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 10 sentyabrdagi 335 sonli buyrug‘iga asosan, institut “Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi xitoy tili o‘qituvchisi Tugalov Husan XXR oliy ta’lim muassasalarida 10 oylik stajirovka o‘tash  uchun yuborildi.

2015 yilning 06 iyulidan 30 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda institutning italyan tili o‘qituvchilari Rasulova Munira Maratovna va Klochkova Ekaterina Vladimirovnalar Italiyaning Siena xorijliklar Universitetida stajirovka o‘tash va kurslarda ishtirok etish uchun xorijiy safarga yuborildi.

 -talabalar va professor o‘qituvchilar almashinuvi, rasmiy tashriflar; xorijga va xorijdan;

Institut Evropa Ittifoqining yana bir “ERASMUS MUNDUS Action 2” dasturi “SILKROUTE Project” SILKROUTE – “SILK ROad Universities towards Europe”loyihasida ishtirok etmoqda. Ushbu dastur doirasida e’lon qilingan ta’lim grantlariga SamDCHTI professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, ilmiy xodim va tadqiqotchilar hamda talabalari faol qatnashib kelmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Roman-german filologiyasi fakulteti ispan tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Tursunqulov Sanjar Ispaniyaning Kantabriya Universitetida 6 oylik “Talaba almashinuv” granti g‘olibi bo‘lib, 2014 yil 13 sentyabrdan 2015 yil 2 martgacha bo‘lgan muddatda Ispaniyaning Kantabriya Universitetida tahsil olib qaytdi.

SHuningdek ushbu talaba almashinuv dasturida Italiya fuqarosi Paduya Universiteti talabasi Franka Selenia (Franca Selenia) hamkor universitet hisoblangan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014 yil 8 sentyabrdan 2015 yil 7 martgacha bo‘lgan muddatda ingliz, o‘zbek va rus tili kurslarida tahsil oldi.

Erasmus Mundus Action- 2 SILKROUTE – “SILK ROad Universities towards Europe” loyihasigranti sovrindori sifatida Ispaniyaning Kantabriya Universitetidata’lim olish uchun roman-german filologiyasi fakulteti ispan tili ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Muminov Abdumalik 2015 yil 1 sentyabrdan 2016 yil 30 iyungacha bo‘lgan muddatda xorijiy safarga yuborildi.

 

Xitoy tili mutaxassisligi 2 bosqich talabasi Norbutaev SHoxrux 2015-2016 o‘quv yili uchun XXR Elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ta’lim grantlarida institut xitoy tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 10 sentyabrdagi 335 sonli buyrug‘iga asosan XXR oliy ta’lim muassasalarida 10 oylik stajirovka o‘tash  uchun yuborildi.

Joriy yilning sentyabr oyidan AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan yuborilgan SHimoliy Arizona universiteti asissent o‘qituvchisi Endryu Aleksandr Mobs ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat boshladi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti koreys tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Karimov Nuriddin va Sultonov Akram 2010 yil 11 iyunda SamDCHTI va Janubiy Koreyaning CHonbuk Milliy Universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasidagi talabalar almashinuvi dasturiga asosan CHonbuk Milliy Universitetida tahsil olish uchun yuborildi.

         O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil  13 apreldagi №81 buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga yuborish tartibi to‘g‘risida»gi muvaqqat yo‘riqnomasining bajarilishini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari va talabalarning chet el safarlari Xalqaro aloqalar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu Kengash bayonnomalari asosida ko‘zda tutilgan xorijiy safarlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan  amalga oshirilib kelinmoqda.