Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xorijlik o’qituvchi va talabalar

Xorijiy tillarni o‘rgatishni samaradorligini oshirish maqsadida SamDCHTIga bugungi kunda 10 nafar xorijiy professor – o‘qituvchilar jalb qilingan:

6 nafar xitoy tili; 1 nafar ingliz tili; 1 nafar nemis tili; 1 nafar koreys tili va yana bir nafar indonez tili mutaxassislari institut talabalariga saboq bermoqda. 

9 

Liu Tao

xitoy tili o’qituvchisi (Xitoy) 

10

 

Xie Jiang

xitoy tili o’qituvchisi (Xitoy)

12

Yu Zhongyuan

xitoy tili o’qituvchisi (Xitoy)

Peng_XinGe

Peng XinGe

xitoy tili o’qituvchisi (Xitoy)

Xu_Heng

Xu Heng

 xitoy tili o’qituvchisi (Xitoy)

Zuo_Fefei

Zu o Fefei

 xitoy tili o’qituvchisi (Xitoy)                

 

13

Jung Joongchol

koreys tili o’qituvchisi (Korea) 

Elise Brittain - ingliz tili o'qituvchisi (AQSH)

Elise Brittain

ingliz tili o'qituvchisi (AQSH)      

Agnes_Pahle

Agnes Pahle
nemis tili o’qituvchisi (Germaniya) 

Badrus Siroj - indonez tili o'qituvchisi (Indoneziya)  

Badrus Siroj

Indonez tili o'qituvchisi (Indoneziya)

  Hashem Esmail Hammam - arab tili o'qituvchisi ()

Hashem Esmail Hammam

Arab tili o'qituvchisi
(Misr Arab Respublikasi)

 

 

      

2015-16 o‘quv yilida institutda jami 5 nafar xorijiy fuqarolar  institut bakalavriat bosqichida tahsil olishmoqda.   

Bundan tashqari institutda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, jahon standartlari darajasiga etkazish borasidagi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy mutaxassislar ishtirokida doimiy ravishda turli seminar-treninglar, master-klasslar, ma’ruzalar va davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoqda:

2015 yil 16 fevral kuni institutga tilshunos olim, AQSHning Montclair Universiteti professori, Fulbrayt dasturi vakili Zigmiller Milton (Seegmiller Milton Stephen) tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutning professor-o‘qituvchilari ishtirokida  Ingliz tilida zamon, aspekt va kompozitsionallik“ mavzusida seminar tashkil etildi. Bundan tashqari professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning ilmiy maqolalarni xorijiy OTMlarida chop etish imkoniyatlari borasida taqdimot o‘tkazdi va ilmiy tadqiqotchilarga zaruriy tavsiyalar berdi.

2015 yilning 3-7 mart kunlari Germaniya Respublikasining Hamburg shahridagi Kurt‑Korber Gimnaziyasi nemis tili mutaxassisi SHtyuxer Anna Lena tomonidan Respublika nemis tili o‘qituvchilari uchun “Nemis tili darslarida axborot kommunikatsion va innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida seminar‑trening tashkil etildi. Seminar-treningda institut professor‑o‘qituvchilari va magistrantlaridan tashqari Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, jumladan, O‘zMU, O‘zDJTU, FarDU kabi ta’lim muassasalaridan ham professor ‑ o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

2015 yil 21 may kuni AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi Axborot, madaniyat va ta’lim bo‘limi boshlig‘i, ingliz tili dasturlari bo‘yicha yordamchisi Nodira Meliboeva hamda AQSHning Markaziy Osiyo mamlakatlarida ingliz tili dasturlari bo‘yicha mintaqaviy direktori prof. Jon Sakko (John Scacco) ishtirokida "Ingliz tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi" mavzusida institut ingliz tili o‘qituvchilari hamda magistrantlar uchun seminar-trening tashkil qilindi.

2015 yilning 13 iyun kuni Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan Respublika miqyosidagi “Zamonaviy nemis tili va adabiyoti” loyihasi asosida tashkillashtirilayotgan adabiy kechalar doirasida SamDCHTIda zamonaviy nemis adabiyoti vakillaridan biri Angelika Raytser (Angelika Reizer) va yosh tarjimon Oybek Ostonov ishtirokida institut nemis tili o‘qituvchi va talabari uchun davra suhbati va adabiy tadbir tashkil qilindi.

2015 yilning 4-15 sentyabr kunlari institutda Germaniya elchixonasining 2015 yil 21 iyundagi xati va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 07.09.2015 yildagi 87-03-827 sonli topshirig‘iga asosan Germaniyaning Oldenburg, Hamburg, Rostok Freiburg, Drezden, Potsdam kabi nufuzli universitetlaridan kelgan talabalar, hamda Respublikamizning bir nechta oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zDJ, FarDU, UrDU va SamDCHTIning nemis tili yunalishi talabalari ishtirokida

 “O‘zbekistonda inkluziv ta’lim sohasidagi yutuqlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening Germaniya elchixonasi ko‘magida lektor Stefan Keel rahbarligida tashkil etildi.

2015 yilning 28 oktyabr kuni Germaniyalik taniqli yozuvchi Mark Uvi Kling ishtirokida Nemis zamonaviy adabiyotidan avtorlik o‘qishi va seminar-trening tashkil etildi.