Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutining Xalqaro grantlar doirasida amalga oshirilgan ishlar

Koreya Respublikasi “Global Travel School”i o’qituvchi va talabalarining SamDCHTIga tashrifi

2015 yil 24 yanvar kuni O’rta Osiyoda ta’lim va tarixiy tadqiqotlarni o‘rganish dasturi doirasida Koreya Respublikasining Global Travel Schoolidan 13 nafar talaba va 4 nafar o‘qituvchi SamDCHTIga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar institutning koreys tili va madaniyati markazi (KOICA) va koreys tili kutubxonasi va boshqa markazlari hamda institutda ta’lim jarayoni bilan tanishishdi.

Koreyalik talaba va o‘qituvchilar mahalliy koreys tili o’qituvchilari hamda SamDCHTI koreys tili yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazishdi. Suhbat davomida koreyalik o‘quvchilar o‘zlarining san’at namunalaridan ham namoyish etishdi. Koreyalik mehmonlar koreys tilini o’rganayotgan o’zbekistonlik talabalar bilan tanishganlaridan va ular bilan hamsuhbat bo’lganlaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

P1249972

P1249987

P1249990

P1249994

SamDCHTI qoshidagi Konfusiy Institutining Turizim va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida taqdimoti bo’lib o’tdi

2015 yil 23 yanvar kuni Samarqand shahridagi Turizim va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan Konfusiy Institutining taqdimoti bo’lib o’tdi.  Ushbu tadbirdan ko’zda tutilgan maqsad kollej o’quvchilarning xitoy tiliga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularning ushbu tilni chuqur o’rganishlariga amaliy yordam ko’rsatishdan iborat.

Tadbirda so’zga chiqqan Konfusiy institutining Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan direktori, janob Liyu Tao, O’zbekiston tomonidan direktori prof. Sh. Safarov va boshqalar O’zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni, ko’plab rivojlangan davlatlar, jumladan XXR bilan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy sohalardagi aloqalarning rivojlanib borayotganligi, xususan turli bosqichdagi ta’lim yo’nalishidagi aloqalar yaxshi samara berayotganligi to’g’risida fikr bildirishdi.

Darhaqiqat SamDChTI qoshida Konfusiy institutining tashkil etilishi ana shu hamkorlikning yorqin namunasi sifatida namoyon bo’ldi. 2014 yilning 27 noyabrida ochilgan Konfusiy instituti o’z oldiga:

-       O’zbekistondagi barcha Oliy ta’lim muassasalariga xitoy tili bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda amaliy yordam ko’rsatish;

-        Maxsus umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik lisey o’quvchilari uchun xitoy tilini o’qitishni tashkil etish, katta yoshdagi aholining xitoy tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini qondirish; ;

-   Xitoy tilidan dars beruvchi turli toifadagi pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashda amaliy yordam ko’rsatish;

-     O’quvchilar, talabalar va o’qituvchilar o’rtasida xitoy tili bo’yicha turli tanlov va olimpiadalarni o’tkazish;

-      O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikalaridagi turli darajadagi o’quv yurtlpri orasidagi ilmiy-uslubiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish;

-    Milliy va xalqaro kongresslar, ko’rgazmalar, ilmiy-uslubiy anjumanlar, seminarlar, tanlovlar va ta’lim sohasiga oid boshqa tadbirlarni tashkil etish;

-     O’z faoliyatiga doir maxsus ta’lim dasturlari va madaniy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;

-         milliy, xalqaro va Xitoydagi maxsus  umumta’lim dasturlari (grantlar)da ishtirok etish;

- “Institut”ning Ustavda ko’rsatilgan asosiy faoliyatini moliyaviy ta’minlash maqsadida o’z o’quv-ishlab chiqarish infrastrukturasini bunyod etish;

   - XXR bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish istagida bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslarga xitoy tilini o’rgatish;

- Yoshlarni XXR dagi oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorlash kabi maqsad va vazifalarni qo’ygan.

    Tadbir davomida xitoylik o’qituvchilar, SamDChTI talabalari va kollej o’quvchilari tomonidan ijro etilgan qo’shiq va raqslar barchaga manzur bo’ldi.

    Anjumanda SamDChTI Xalqaro bo’lim boshlig’i O. Yusupov, Akademik lisey va kollejlar bilan ishlash bqlimi mutaxassisi Q. Begmatov, Tarjimonlik kafedrasi mudiri N. Turdiyevalar ishtirok etishdi.

 IMG_0015

 

IMG_0047

 

IMG_0082

 

IMG_0108

 

 

eu_flag_tempus

Institut Yevropa ittifoqining Tempus dasturi doirasida bir qator loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.  Jumladan, QAPD: Enhancement of Quality Assurance System through Professional Development of Academic Leaders (516996-TEMPUS-1-2011-1-GB-TEMPUS-SMGR) loyihasi doirasida institutga 52 000 yevroga teng zamonaviy ta’lim texnikasi keltirildi. Ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim jarayonini innovasiyalashtirishga qaratilgan mazkur loyiha natijasida so’ngi texnologiya bilan jihozlangan “Innovasiya va Sifat ta’minoti” markazi ta’sis etildi.

QAPD: Enhancement of Quality Assurance System through Professional Development of Academic Leaders (516996-TEMPUS-1-2011-1-GB-TEMPUS-SMGR) loyihasi doirasida institutdan prof. Sh. Sirojiddinov, G’.Raximov  va A.Sayfullayevlar Buyuk Britaniyaning London Metropolitan Universitetida safarda bo’lib qaytdi. Safar natijasida ushbu universitet bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi va hozirgi kunda hamkorlikda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyihalar ishlab chiqilmoqda. 

b042044f283c204965f607eddc7d6481

Image0002

Image0003

Institutda 2012 yilning 15 oktyabridan Yevropa ittifoqining Tempus dasturi 530786-TEMPUS-1-2012-1-NL-TEMPUS-SMHES raqamli TuCAHEA-“Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengiligini yaratish yo’lida struktural adaptasiya va ta’lim sifatini oshirish” mavzusidagi loyihasi ish boshlagan. Loyihaning maqsadiga ko’ra, “Posobiye polzovatelya i oriyentirы» («konseptualnыye ramki»), “Yo’l ko’rsatuvchi va foydalanuvchining qo’llanmasi” (“belgilangan tamoyillar) nomli 8 xil predmet guruhlardagi O’rta Osiyo Oliy ta’lim tizimiga mos keladigan qo’llanma ishlab chiqilmoqda.

Loyiha doirasida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil   13 iyundagi 87-02-1629 sonli modemnomasiga asosan institutning ingliz tili fonetikasi kafedrasi o’qituvchilari Giyasova Dilafruz va Bahriyeva Nargizalar 2014 yil 13-18 iyun kunlari Italiyaning Piza Universitetida va 19-22 iyun kunlari Gollandiyaning Groningen Universitetida tashkil etilgan koordinatorlar uchrashuvida ishtirok etish uchun xorijiy safarga yuborildi.

Image0004

Image0005

2013 yil yakunida institut TEMPUSning yana bir grant-loyihasini qo’lga kiritdi. Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo’ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” “544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR “Yevropa tillarini o’qitishni rivojlantirish: zamonaviy texnologiyalar asosida o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha magistratura dasturini yaratish” loyihasi deb nomlangan. Bu loyiha bosh kordinatori Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti bo’lib, mazkur grantning maqsadi Yevropa tillarni zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalar va onlayn-texnologiyalar asosida o’qitish, magistratura ishchi dasturlarni takomillashtirish va shu asosda o’qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan.

Mazkur loyiha doirasida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 10.02.2014 dagi 87-02-293 sonli modemnomasiga asosan SamDChTI Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov hamda Informatika kafedrasi mudiri A.Amanov 2-6 mart kunlari Rossiyaning Tyumen shahri, Tyumen davlat universitetida koordinasion yig’ilishda qatnashish uchun xorijiy safarda bo’lib qaytishdi. Yig’ilish davomida loyiha doirasida kelgusida bajariladigan ishlar kelishib olindi.

Image0006

Image0007

Image0008

Image0009

2014 yil 2 choragi hisobida mazkur loyiha doirasida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 12 maydagi 97-03-507 sonli modemnomasiga asosan Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Yusupov Otabek Yakubovich 2014 yil 31 maydan 16 iyungacha bo’lgan muddatda Buyuk Britaniyaning Aston Universitetida, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Ruziqulov Fazliddin Shukurovich  2014 yil 1 iyundan 17 iyungacha bo’lgan muddatda Fransiyaning Kayen universitetida tashkil etilgan seminar – treningda ishtirok etish uchun xorijiy safarga yuborildi. Safar davomida yevropa xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish hamda xorijiy tillarni o’qitish jarayonini kuzatish  imkoniyati bo’ldi. Yevropa Oliy o’quv yurtlari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi va ishtirokchilarga seminar-treninglar so’nggida sertifikatlar taqdim etildi.   

Image0010 Image0011

Image0012

Bundan tashqari, SamDChTIda Erasmus Mundus dasturi SILKROUTE loyihasi doirasida e’lon qilingan ta’lim grantlariga SamDChTIdan professor-o’qituvchilar, magistrlar, ilmiy xodim va tadqiqotchilar hamda talabalar hujjat topshirishdi. Mazkur grant natijalari joriy yilning may oyida el’on qilindi. Mazkur loyihada SamDChTI ilmiy ishlar bo’yicha prorektor G’.Raximov Italiyaning Padova Universitetida 2 oylik “Kadrlar almashinuvi” granti sohibi, Roman-german filologiyasi fakulteti ispan tili yo’nalishi 3-kurs talabasi Tursunqulov Sanjar Ispaniyaning Kantabriya Universitetida 6 oylik “Talaba almashinuv” granti sohibi bo’lishdi va Yevropa oliy ta’lim muassalarida ta’lim olish imkoniyatini qo’lga kiritishadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshirilgan ishlar

Institutda ta’lim va ilmiy hamkorlik almashinuv aloqalarini o’rnatish maqsadida SamDChTI va Koreya Respublikasining Koreya milliy transport universiteti o’rtasida imzolangan bitimga asosan, 2014 yil 12-20 yanvar kunlari Koreya milliy transport universitetidan bir nafar professor (OH YOUNGMI) va 4 nafar talaba (YOO EUN-YOUNG, KANG DAYOUNG, KWON JIHYE, LEE JIYUN) institutga tashrif buyurishdi va  Institutning koreys tili yo’nalishi talabalari uchun seminar-treninglar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazishdi.  2014 yil 20 yanvar kuni Koreya milliy transport universiteti rektori janob Kang Woo-jung, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i janob Kim Yong-Seung hamda janob Sin Kang Taklar institutimizga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida institut talabalari va professor-o’qituvchilari uchun rejalashtirilgan koreys tili, adabiyoti va madaniyati mavzusida seminarlar, ma’ruzalar tashkil etildi. 

Image0013

Image0014

Samarqand davlat chet tillar instituti va Chonbuk Milliy Universiteti o’rtasida 2010 yil 11 iyunda imzolangan bitimga asosan, 2014 yil 22 iyundan 4 iyulgacha bo’lgan muddatda "O’zbek va koreys tillari adabiyoti va madaniyati" mavzusida yozgi o’quv kurslari tashkil qilindi va mazkur kurslarda ishtirok etish uchun Chonbuk Milliy Universitetidan 2 nafar professor-o’qituvchi hamda 29 nafar talaba tashrif buyurishdi.O’quv kurslari davomida har ikki mamlakat OTM talabalari uchun turli o’quv – seminar mashg’ulotlari va turli madaniy tadbirlar tashkil qilindi. Ayniqsa, Chonbuk Milliy Universiteti talabalari uchun tashkil qilingan o’zbek tili va madaniyati o’quv kurslari ularda katta taasurot qoldirmoqda. 

Image0015

Image0016

Image0017

 

2014 yil 19-oktyabr 2-noyabr sanasida Birlashgan Qirollikda TEMPUS (544161-TEMPUS-1-2013-1-UK) loyihasida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili fonetikasi o‘qituvchilari Yarbekov Ulug‘bek Abduraxmonovich hamda Ismailov Akmal Rustamovichlar ham ishtirok etishdi. Mazkur loyihada ishtirok etayotgan boshqa oliy o‘quv yurtlari (O‘z DJTU, Rossiyaning Tyumen va Yaroslavl universitetlari, Ukraina davlat universiteti) vakillari bilan birgalikda Angliyaning Birmingem shahridagi Aston universitetida tashkil etilgan amaliy-metodik seminarda ishtirok etishdi.

Ushbu seminar-treningning tashkil etilishidan maqsad Aston universitetida xorijiy tillarni o‘qitish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish bilan bir qatorda TEMPUS loyihasiga a’zo bo‘lgan davlatlar (ingliz tili kesimida O‘zbekiston, Rossiya va Ukraina) oliy o‘quv yurtlari uchun magistratura yo‘nalishi bo‘yicha kelajakda yaratilishi rejalashtirilgan o‘quv dasturi tarkibi ustida ishlash hamda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat.

Bundan tashqari o‘qituvchi-professorlar o‘z xizmat safarlari davomida turli mavzulardagi ma’ruza mashg‘ulotlari hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini kuzatib borishdi va xorijiy tillarni o‘qitish va professor-o‘qituvchi xodimlar malakasini oshirish tizimi bilan atroflicha tanishishdi.

Ushbu xizmat safaridan ko‘zlangan maqsad xorijiy tillarni o‘qitish hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishda xorijiy tajriba va malakalardan foydalanib pedagogik amaliyotga tadbiq etish.

 PA290917

PA300920

PA300921

PA300934