Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

XORIJIY OTM VA XALQARO TASHKILOTLAR BILAN ALOQALAR

Samarqand davlat chet tillar instituti bilan ta’lim sohasida yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatgan xorij OTMlari va tashkilotlar

JANUBIY KOREYA

Changvon milliy universiteti

Chodang universiteti 

Chonbuk milliy universiteti

Chonnam universiteti

Chungju milliy universiteti 

Donguk universiteti

Gyonsang milliy universiteti 

Kachxon universiteti

Keymyung universiteti

Transport milliy universiteti

Xankuk milliy universiteti

Xansung universiteti

XITOY XALQ RESPUBLIKASI

Shanxay xorijiy tillar universiteti

Sian Xalqaro ta’lim universiteti

Sinszyan agrar universiteti «Auditoriya Konfusiya»

Sinszyan pedagogika universiteti

ROSSIYA FEDERASIYASI

Chelyabinsk davlat universiteti

K.D. Ushinskiy nomidagi Yaroslav davlat Pedagogika universiteti

Perm davlat pedagogika universiteti

Tyumen davlat universiteti

Voronej  davlat universiteti

YAPONIYA

Shinshu universiteti

Sukuba universiteti

MALAYZIYA

Pendidikan Sultan Idris universiteti

BUYUK BRITANIYA

Aston universiteti

London biznes va moliya maktabi

GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI

Berlin Humboldt universiteti

Maynsdagi Yohannes Gutenberg universiteti

ISPANIYA

Kadisa Universitet 

Yevropa Ispan tili o’qituvchilari Assosiasiyasi (AEPE) 

INDONEZIYA

Gunadarma universiteti

Sekolah Tinggi Teknik Multimedia Cendikia Abditama   

LATVIYA

Rij Texnika universitet

ITALIYA

Siyena universiteti 

UKRAINA

Kiyev milliy lingvistika  universiteti

V.O.Suxomlinsk nomidagi Nikolayev milliy universiteti

MUG’ULISTON

Mug’uliston milliy universiteti

 

Samarqand davlat chet tillar instituti dunyoning ko‘plab nufuzli xorijiy ta’lim muassasalar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy va madaniy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

2016 yilning 27-yanvar kuni SamDChTIda Janubiy Korea Respublikasi KOICA tashkilotining direktor o’rinbosari Hvang Insung (Hwang Insung) va ushbu tashkilotning Toshkent shahridagi bo’limi xodimi Malika Abdullayevalar bilan SamDChTI va Koreya oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda sinxron tarjima laboratoriyasini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish, koreyalik volontyorlarni SamDChTIda dars berish uchun jalb qilish va boshqa masalalar yuzasidan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

2016 yil 2-fevral kuni AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o’rinbosari janob Lessli Viguyeri (Lesslie Viguerie) tashrif buyurdi. Rasmiy uchrashuv chog’ida AQSh OTMlari va ta’lim tashkilotlari bilan SamDChTI o’rtasida hamkorlik aloqalarini Kengaytirish, jumladan, o’qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilish kabi mavzularda fikr almashinildi. Rasmiy uchrashuvdan so’ng Delegasiya a’zolari SamDChTIda faoliyat olib borayotgan AQShlik ingliz tili o’qituvchisi Endryu Mobbs faoliyatini batafsil o’rganishdi. Shuningdek, tashrif doirasida fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida ingliz tilini o’qitishni takomillashtirish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

2016 yil 22-fevral kuni Fransiya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi attashesi Frederik Viyom xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutda fransuz tilini o’qitishni takomillashtirish, Fransiya OTMlari va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini Kengaytirish va boshqa mavzularda davra suhbati bo’lib o’tdi. Shuningdek, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Har yili an’anaviy tarzda institutda Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda “Buyuk ipak yo’lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusidagi ilmiy anjuman o’tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi anjumanning birinchi qismi joriy yilning 20 may kuni SamDChTIda bo’lib o’tdi va unda Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti, Janubiy Koreyaning Hankuk universiteti, Yaponiyaning Shinshu va Nagoya universitetlari, XXRning Shanxay xorijiy tillar universiteti, Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg va Voronej davlat universitetlari, shuningdek, AQSh va XXRning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonalari vakillari ishtirok etishdi. 

2016 yil 10-iyun kuni Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ "ERASMUS+ 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA 2-CBHESP IMEP: “Internationalization and Modernization of Education and Process in the Higher Education of Uzbekistan” loyihasi koordinatorlari Lubkina Velta, Strods Gunnars va Beinarovicha-Litvinova Irena (Latviya), loyiha hamkorlari Konnor Katirini va Vales-Saldariagalar (Buyuk Britaniya) OO’MTV BIMM xodimlari Sh. Adashbayev va M. Mirsoliyeva hamrohligida SamDChTIga tashrif buyurishdi. Loyihaning SamDChTI tomonidan ishchi guruhi ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar Belgilab olindi.

2016 yil 23-iyun kuni Portugaliyaning Portu universiteti prorektori Mariya de Fatima Marino (Maria de Fatima Marinho) va xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Anna Mato Hombre (Ana Mato Hombre)lar bilan SamDChTIda bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda Kelajakda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi IMEP loyihasi doirasida fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish,  bu boradagi imkoniyatlar, professor-o’qituvchilari va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish kabi mavzularda fikr almashinildi.

2016 yil 7- yul kuni Janubiy Koreyaning Gyonsang universiteti professor-o’qituvchilari Hvang Songjaye (Hwang Seung Jae), Kim Dayexong (Kim Daehoon), Kang Seokjong (Kang Seokjeong) va 34 nafar talabalari tashrif buyurdi. Delegasiya va SamDChTI rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, SamDChTIga 2016/2017 o’quv yilida malakali professor–o’qituvchilarni jalb etish kabi mavzularda muzokara olib borildi va ikki tomon talabalari ishtirokida milliy-madaniy tadbir tashkil etildi.

2016 yil 21-iyul kuni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi ta’lim, axborot va madaniyat bo’limi boshlig’i Djon Larsen tashrif buyurdi. Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida fikr almashinildi. SamDChTIga elchixona tomonidan 69 turdagi jami 255 dona ingliz tili va adabiyotiga oid o’quv adabiyotlari taqdim etildi. Shuningdek, AQShlik o’qituvchi Endryu Mobbsning 2015/2016 o’quv yillarida SamDChTIda olib borgan faoliyati muhokama qilindi va yuqori baholandi.

Samarqand davlat Chet tillar instituti bilan Janubiy KoReya Respublikasining Hankuk xorijiy tillar universiteti o’rtasida 2016 yil 12 aprelda imzolangan bitimga asosan,  Hankuk xorijiy tillar universitetining 8 nafar talabalari ishtirokida 2016 yilning 10 iyulidan 7 avgustiga qadar SamDChTIda “O’zbek tili va madaniyati” yozgi o’quv kurslari tashkil etildi.

2016 yil 26-avgust kuni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi madaniyat va ta’lim bo’limi boshlig’i Merri Bloker va AQShning Blyudata xalqaro instituti o’qituvchisi Elis Britanlar tashrif buyurdi. Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida fikr almashinildi. 2016/2017 o’quv yilida AQSh elchixonasi tomonidan SamDChTIga jalb qilingan Blyudata xalqaro instituti o’qituvchisi Elis Britan o’z faoliyatini boshladi. 

2016 yil 8-noyabr kuni Yaponiyaning Nagoya universiteti xalqaro ta’lim va almashinuv markazi direktori Matyev Linley, Risumeykan Osiyo-Tinch okeani universiteti xorijiy talabalar bo’limi mutaxassislari Daniyel Smiley va Yoshitomi Saori hamda Nagoya universitetining O’zbekistondagi bo’limi mutaxassisi professor Yeiichi Imamuralar tomonidan Yaponiya OTMlarida tahsil olish, ularning ta’lim grantlari, qabul shartlari to’g’risida taqdimot o’tkazishdi.

1 dekabr kuni AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlarida ingliz tilini o’qitish dasturlari bo’yicha mintaqaviy direktori Djon Skakko bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi va Samarqand shahridagi OTMlari ingliz tili o’qituvchilari uchun ilmiy-Metodologik Seminar tashkil etildi.

5 dekabr kuni London universiteti qoshidagi masofaviy ta’lim markazi direktori Devid Xardi bilan ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish va boshqa mavzularda rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti dunyoning ko‘plab nufuzli xorijiy ta’lim muassasalar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy va madaniy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 martdagi “2012 yilda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro, horijiy hukumat tashkilotlari hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini amalga oshirish bo‘yicha institut ishtirok etayotgan xalqaro grantlar soni 5 tani, Evropa ittifoqining Tempus dasturi soni esa 4 tani tashkil qilmoqda. Jumladan, Evropa ittifoqining Tempus dasturi doirasida Samarqand davlat chet tillar institutiga 2013 yilda 52 000 evroga teng zamonaviy ta’lim texnikasi keltirilgan. Xalqaro ilmiy, madaniy hamkorlik ham uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda. Koreya, Germaniya, Misr, YAponiya, Fransiya, Italiya, AQSH, Xitoy va boshqa davlatlarning bir qator mutaxassislari institutimizdagi ilmiy-pedagogik faoliyat jarayonida bevosita qatnashib keladi.  Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan ilmiy-amaliy, pedagogik va texnikaviy sohalarda 50 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Rossiya, Olmoniya, Italiya, Xitoy, Malayziya, Koreya, Yaponiya va boshqa ko‘plab davlatlar universitetlari bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutida muntazam ravishda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Yozgi o‘quv kurslari”, “O‘zbek tili va madaniyati kurslari” tashkil etib kelinmoqda. Har yili ushbu o‘quv kurslarda 50 ga yaqin talabalar ishtirok etadilar. Xorijiy talabalar o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganish bilan bir qatorda madaniyat va milliy urf-odatlar bilan ham yaqindan tanishadilar. Har yili institutning 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va talabalari dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tashkil etilgan seminar-treninglarda qatnashib o‘z malakalarini oshirib qaytishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutiga xorijiy davlatlarning turli oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlaridan malakali professor-o‘qituvchilar taklif etilib, ular bilan hamkorlikda seminar-treninglar, anjumanlar va ma’ruzalar tashkil etilib kelinmoqda. Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Indoneziya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa xorijiy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan institutda seminarlar, ma’ruzalar, uzoq va qisqa muddatli kurslar tashkil etib kelinmoqda.

SHu o‘rinda dunyoning ko‘plab Oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlik bitimlari tuzilganini alohida ta’kidlash joiz. Hozirgi kunga kelib Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Malayziya, Indoneziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa xorijiy davlat ta’lim muassasalari bilan tuzilgan Bitimlarga asosan turli sohalardagi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

2015 yil 11 fevral kuni Janubiy Koreyaning Keimyung Universiteti Xalqaro ta’lim va taraqqiyot markazi direktori, professor  Min Kyung-Mo (Min Kyung-Mo), Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, prof. Kim Syon  Jung (Kim Seon Jung) hamda rus tili va adabiyoti dotsenti Kim Sang Van (Kim Sung Wan) lardan iborat delegatsiya kutib olindi. Rasmiy uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelajakda institutga Keimyung Universitetidan malakali professor–o‘qituvchilarni jalb etish va hamkorlikda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga kelishib olindi;

2015 yil 26 mart kuni Janubiy Koreyaning Kyongsang Milliy Universiteti maslahatchi professori Kim Dong YUl (Kim Dong Yul) institutga tashrif buyurdi va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, SamDCHTI hamda Kyongsang Milliy Universiteti o‘rtasida professor - o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida fikrlar almashinildi;

2015 yil 15 aprel kuni ERASMUS-Mundus dasturi SILKROUT loyihasi doirasida Ispaniya Kantabriya Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Diaz Pablo (Diaz Pablo),  Italiya Padova Universiteti Xalqaro loyihalar koordinatori Zambon Eliza (Zambon Elisa), Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rasa Roberta (Rasa Roberta) hamda universitet professor-o‘qituvchisi Fadji Pierpaolo (Faggi Pierpaolo) va SamDCHTI rektori G‘. Raximov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i  O. YUsupov, Institut roman-german filologiyasi fakulteti dekani - A.SHermatovlar ishtirokidagi uchrashuvda ERASMUS-Mundus dasturi SILKROUT loyihasi doirasida institutda amalga oshirilgan ishlar, professor - o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlari to‘g‘risida fikr almashish, kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni  belgilab olindi

Joriy yilning 27 may kuni Janubiy Koreya Hankuk Xorijiy tillar Universiteti "Buyuk Ipak Yo‘li" tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari prof. Sangdon Vang (Sungdon Hwang) va Kyonju shahri "Buyuk Ipak Yo‘li Tadqiqotlari" Xalqaro Assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasi boshqaruvchisi  Lee Syong Von (Lee Seong-Won)lar ishtirokidagi uchrashuvda SamDCHTI va Xankuk Xorijiy tillar Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, 2015 yil 21-24 avgust kunlari Kyonju shahri "Buyuk Ipak Yo‘li Tadqiqotlari" Xalqaro Assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan Xalqaro konferensiyada SamDCHTI delegatsiyasining ishtirok etishi  to‘g‘risida kelishib olindi

2015 yil 2 iyun kuni Indoneziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Anak Agung Gde Alit Santika (Anak Agung Gde Alit Santika) va SamDCHTI rektori - G‘. Raximov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i - O. YUsupovlar o‘rtasida SamDCHTIda ta’lim tizimi, xorijiy tillarni o‘rgatishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Indoneziya Respublikasi OTMlari bilan kelajakda ta’lim, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa masalalar borasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yil 6 iyun kuni SHanxay Universiteti prorektori SHia SHiaohe boshchiligidagi 6 kishidan iborat delegatsiya kutib olindi. Unda SamDCHTI va XXR oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik bitimlari, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan, SamDCHTI qoshida ochilgan “Konfutsiy instituti” va uning faoliyati to‘g‘risida suhbatlashildi.

2015 yil 30 iyun kuni Xitoyning SHinjon-Uyg‘ur Avtonomiyasi ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Yibulayn Toirxan, boshqarma xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Vang Lili, boshqarma matbuot bosh muxbiri Zao SHinjan, SHinjon Agrar universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ainivaer Aishan va bo‘lim mutaxassisi Gulinishalar ishtirokidagi rasmiy uchrashuvda Xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish va o‘qitishni tashkil qilishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida fikr almashinildi

2015 yil 13 iyul kuni Janubiy Koreyaning Hansung (Hansung) universiteti rektori prof. Kang SHinil, prof. CHoe YOng SHik va SHin Irina va SamDCHTI rektori G‘.X.Raximov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O. YUsupov, SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori SH.Safarov, Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi mudiri A.Raximovlar ishtirokidagi uchrashuvda ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolash,  professor - o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlari, hamkorlikda qo‘shma konferensiyalar tashkil etish to‘g‘risida muzokaralar olib borildi

2015 yilning 16 sentyabr kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va ta’lim ishlari bo‘yicha attashesi Diane Del Rosario, elchixona xodimi Umida Boltaeva va SHimoliy Arizona universiteti asissent o‘qituvchisi Endryu Aleksandr Mobslar tashrif buyurdi va SHimoliy Arizona universiteti asissent o‘qituvchisi Endryu Aleksandr Mobs ingliz tili o‘qituvchisi sifatida SamDCHTIda o‘z faoliyatini boshladi

2015 yilning 28 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning CHodang universiteti vakillari, universitet rektori Jong Koo Park, xalqaro almashinuv dasturlari va xalqaro ta’lim instituti direktori Im Jin Ho hamda moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Hvan Songlar SamDCHTIga tashrif buyurdi va ta’lim muassasalari o‘rtasida   professor - o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlari to‘g‘risida fikr almashish, qo‘shma ilmiy-amaliy anjumanlar va seminar-treninglar tashkil etish masalalari to‘g‘risida kelishib olindi

2015 yilning 12 noyabr kuni Janubiy Koreya Respublikasi "KOICA" tashkilotining ko‘ngillilar bilan ishlash bo‘yicha koordinatori CHong I-Sil xonim rasmiy tashrif bilan keldi. Uchrashuvda ta’lim muassasalari o‘rtasida   professor - o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlari, jumladan, koreyalik volontyorlarni SamDCHTIga ko‘proq jalb qilish to‘g‘risida fikr almashinildi.

2015 yilning 14 noyabr kuni SamDCHTIga 2015 yilning 13 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston YAponiya OTMlarining II Xalqaro anjumani doirasida YAponiyaning Nagoya, Sofiya, Aichi, Ritsumeykan, Vaseda, Keyo, Sukuba, Soka, Kioto, Mie, Rissho, SHinshu, Hokkaydo va boshqa universitetlar vakillari tashrif buyurdi hamda institutda ta’lim tizimi, xorijiy tillarni o‘rgatishni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

2015 yilning 16 noyabr kuni Tempus Project DeTEL 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes. Evropa tillarin o‘qitishni rivojlantirish: zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha magistratura dasturini yaratish” loyihasi koordinatori, Buyuk Britaniyaning Aston universiteti professori Dr. Syuzan Garton va loyihaning SamDCHTI tomonidan a’zolari ishtirokidagi davra suhbatida loyiha doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va vazifalar belgilab olindi. SHuningdek, Dr. Syuzan Garton 17 noyabr kuni SamDCHTIda tashkil etilgan “Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitishning ilmiy-uslubiy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ma’ruza o‘qidi.

2015 yilning 27 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rinbosari va maslahatchisi Szou YAnxuy (Szou Yan Xuey), birinchi kotib Jen YAngan, ikkinchi kotib Meng Fanshuai, kotib Vang Siaolar tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari SamDCHTIda xitoy tilini o‘qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashishdi, shuningdek, institut qoshidagi Konfutsiy Institutining bir yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashishdi

SamDCHTIda mavjud Evropa Ittifoqining TuCACHEA, DeTEL, QAPD, Erasmus Mundus Silkroute kabi loyihalar faoliyati va erishilgan natijalarni muhokama qilish maqsadida 2015 yilning 03 dekabr kuni Evropa Ittifoqi "Particip GmbH" tashkiloti eksperti Karen Roberts va 7 dekabr kuni Evropa Ittifoqining Tempus IV dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Xalqaro ta’lim va aloqalar maslahat markazi eksperti, professor Stivin Haagen (Stephen Hagen) tashrif buyurdi;

Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2015 yil 13 oktyabrdagi 08/30755-sonli xatiga asosan Indoneziya Respublikasining Mataram ta’lim va pedagogika instituti mutaxassisi Imansyah SamDCHTIga ingliz va indonez tillari o‘qituvchisi sifatida jalb qilindi.

1 2 3 4 6 7 8

 

XORIJIY OTM VA XALQARO TASHKILOTLAR BILAN ALOQALAR

 

SamarqanddavlatchettillarinstitutibilantalimsohasidayaqinhamkorlikaloqalariniornatganxorijOTMlarivatashkilotlar

JANUBIY KOREYA

Changvon milliy universiteti

Chodang universiteti

Chonbuk milliy universiteti

Chonnam universiteti

Chungju milliy universiteti

Donguk universiteti

Gyonsang milliy universiteti

Kachxon universiteti

Keymyung universiteti

Transport milliy universiteti

Xankuk milliy universiteti

Xansung universiteti

XITOY XALQ RESPUBLIKASI

Shanxay xorijiy tillar universiteti

Sian Xalqaro ta’lim universiteti

Sinszyan agrar universiteti «Auditoriya Konfusiya»

Sinszyan pedagogika universiteti

ROSSIYA FEDERASIYASI

Chelyabinsk davlat universiteti

K.D. Ushinskiy nomidagi Yaroslav davlat Pedagogika universiteti

Perm davlat pedagogika universiteti

Tyumen davlat universiteti

Voronej  davlat universiteti

YAPONIYA

Shinshu universiteti

Sukuba universiteti

MALAYZIYA

Pendidikan Sultan Idris universiteti

BUYUK BRITANIYA

Aston universiteti

London biznes va moliya maktabi

GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI

Berlin Humboldt universiteti

Maynsdagi Yohannes Gutenberg universiteti

ISPANIYA

Kadisa Universitet

Yevropa Ispan tili o’qituvchilari Assosiasiyasi (AEPE)

INDONEZIYA

Gunadarma universiteti

Sekolah Tinggi Teknik Multimedia Cendikia Abditama  

LATVIYA

Rij Texnikauniversitet

ITALIYA

Siyena universiteti

UKRAINA

Kiyev milliy lingvistika  universiteti

V.O.Suxomlinsk nomidagi Nikolayev milliy universiteti

MUG’ULISTON

Mug’uliston milliy universiteti

 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti dunyoning ko‘plab nufuzli xorijiy ta’lim muassasalar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy va madaniy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

2016 yilning 27-yanvar kuni SamDChTIda Janubiy Korea Respublikasi KOICA tashkilotining direktor o’rinbosari Hvang Insung (Hwang Insung) va ushbu tashkilotning Toshkent shahridagi bo’limi xodimi Malika Abdullayevalar bilan SamDChTI va Koreya oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda sinxron tarjima laboratoriyasini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish, koreyalik volontyorlarni SamDChTIda dars berish uchun jalb qilish va boshqa masalalar yuzasidan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Elektron pochta

Sayt yangilangan sanasi: 25.09.2017