Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar instituti xotin-qizlar kengashi faoliyati

 UMUMIY QOIDALAR

Samarqand davlat chet tillar tillari instituti Xotin-qizlar qo’mitasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Qarorlari, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va institut Nizomi asosida tashkil etadi.
Shuningdek, Xotin-qizlar kengashi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilishda xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2004 yil 25 maydagi “O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonlari, 2004 yil 30 iyundagi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi ”O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PF-3434-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining 2008 yil 23 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o’rtasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini takomillashtirish to’g’risida”gi 375-24/5-01-04/346-son qo’shma Qarori va 2009 yil 13 yanvarda “Institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini takomillashtirish to’g’risida”gi 4/1-sonli institut ichki buyrug’i asosida institut talaba-qizlari o’rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini, ularning o’quv jarayonida va talabalar turar joylarida darsdan so’ng bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga, ularni mustaqil hayot va oilaviy turmushga tayyorlashga yo’naltirilgan tadbirlar va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.  

2. XOTIN-QIZLAR KENGAShINING MAQSADI

Institut xotin-qizlar kengashi (keyingi o’rinlarda Kengash deb ataladi) institut xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda to’laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ularga yetarli sharoitlar yaratib berish, yoshlarni ma’naviy barkamol, g’oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi hamda taraqqiyoti yo’lida o’z kuchini ayamaydigan, milliy qadriyatlarni ulug’laydigan, ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, o’zida fidoiylik va daxldorlik hissini mujassamlashtirgan insonlar qilib tarbiyalashda institutning jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish hamda institut talaba-qizlari o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida tuzilgan.

3. KENGAShNING VAZIFALARI

            Kengash institut xotin-qizlari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi hamda talaba-qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash borasidagi vazifalarni bajaradi.
Talaba-qizlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg’usini shakllantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, o’z bilimlarini muntazam oshirib borish kabi fazilatlarni tarkib toptirish kengashning ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Xotin-qizlar kengashi o’z faoliyati jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- talaba-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ayollar bilan bog’liq tarixiy meros, sharqona ayol an’analari asosida tarbiyalash ishlarini tashkillashtirish;
- xotin-qizlar masalasi bo’yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini talaba-qizlarga o’z vaqtida yetkazilishi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
- talaba-qizlarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
- turli tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlar hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar, seminar va konferensiyalarni uyushtirish;
- talaba – qizlar o’rtasida ularni mustaqil, oilaviy hayotga tayyorlash bo’yicha olib boriladigan ma’naviy - axloqiy tarbiya ishlari yuzasidan Respublika, shahar va tuman Xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika “Oydin hayot” sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish markazi bilan hamkorlik qilish;
- talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan ma’rifiy tadbirlar o’tkazish, sharoitlari bilan yaqindan tanishib, vaziyatga qarab rahbariyatga takliflar kiritish;
- institut xotin-qizlari huquq va manfaatlarini himoya qilish;
- kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalar farzandlari va yetim talaba-qizlarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha institut rahbariyati bilan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- talaba-qizlarni intellektual salohiyatini yuksaltirishga ko’mak berish va rag’batlantirish  maqsadida davlat, nomdor stipendiyalarga tavsiya etishda faol qatnashish;
- talaba-qizlar ma’naviy olami, ruhiy psixologik holatini o’rganish asosida ularning axloqiy-ma’naviy turmush tarzi, madaniy saviyasining yuksalish darajasini aniqlash;
- talaba-qizlarning sog’ligini, jismoniy rivojlanishini o’rganish va ularga tibbiy yordam ko’rsatilishida ko’maklashish;
- talaba - qizlar bilan o’quv jarayonida va talabalar turar joylarida darsdan so’ng bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida oliy o’quv yurtlaridagi ilmiy-kasbiy to’garaklar, ijodiy markazlar faoliyatiga keng jalb qilishga yo’naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali talaba qizlarni yanada ko’proq qamrab olish;
- homilador va yosh bolali talaba–qizlarga ta’lim jarayonida imtiyozlar yaratishga hissa qo’shish;
- talaba-qizlar uchun dam olish va ekskursiyalar tashkil qilish.

KENGASh RAISINING VAKOLATLARI

Institut xotin-qizlar kengashi raisining vakolatlari quyidagilardan iborat:

  • xotin-qizlar kengashi fakultet uyushmalariga, ularning amaldagi ish rejalarining bajarilishiga bevosita rahbarlik qilish, ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish;
  • kengashning yillik ish rejasini  amalga oshirishda yo’riqlar berish, quyi bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • kengash faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ishlarni yuritish, hujjatlar bilan ishlash, o’z faoliyat doirasiga tegishli bo’lgan turli majlislar, ishchi yig’ilishlari bayonnomalarining olib borilishini va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • institut Ilmiy kengashi majlislarida ko’rib chiqish uchun vakolat doirasidagi masalalar yuzasidan hujjatlar loyihalarini kiritish;

institut Ilmiy kengashi majlislarida qabul qilingan qaror va rejalarning o’ziga tegishli qismlari ijrosini ta’minlaydi hamda ularning bajarilishi yuzasidan tegishli axborotlar tayyorlaydi

KENGASh TARKIBI

  • Xotin-qizlar kengashining tarkibi, a’zolarining soni va raisi har bir o’quv yilining boshida institut rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
  • Ish jarayonida Kengash tarkibiga juz’iy o’zgarishlar asosli ravishda kiritilishi mumkin.

XOTIN-QIZLAR KENGAShI ISh  REGLAMENTI

- Kengash yig’ilishlari bir oyda bir marta o’tkaziladi. Zarur bo’lgan hollarda Kengashning navbatdan tashqari yig’ilishlari chaqirilishi mumkin.
- Yig’ilishda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishlari shart. Kengash qarorlari majlisda ishtirok etayotganlarning uchdan ikki qismi ma’qullagan taqdirda qabul qilinadi. Kengash qarorlari tavsiyanoma shaklida qabul qilinib, dekanatlar, kafedralar, bo’limlar, markazlarga taqdim qilinadi.
-  Kengash tavsiyanomalari rektorning bu masalaga oid buyrug’i chiqarilgandan so’ng amaliy kuchga kiradi.
- Tadbirlar reja asosida o’tkazib boriladi.
- Har bir tadbir so’ngida bayonnoma tuziladi.
- Oylik tadbir bayonnomalari umumlashtirilib, hisobot tayyorlanadi.
- Har 6 oyda institut Ilmiy kengashida kengash raisi hisobot beradi.
-Hisobotlar yilda ikki marta Vazirlik Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi OTM Xotin-qizlar bilan ishlash sektoriga, tuman xotin-qizlar qo’mitasiga taqdim etiladi.