Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Farzandlari e’zozlangan yurt

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab aholi salomatligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Ona va bola yili”, “Sixat-salomatlik yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi o’zaro uzviylik kasb etadi.

Bu oliyjanob maqsad yo’lida  qilingan ulkan ishlar  bolalarimizning sog’lom tug’ilishi va ulg’ayishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, qolaversa, bolalar sportini  rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlardir. Yangi 2014-yil ning “Sog’lom bola yili” deb atalishi esa sog’lom bola umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirilishi lozim bo’ladigan bir qadam deyish mumkin.

"Zarafshon" gazetasi 2013-yil 12-dekabr №149