Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Faxriylar taqdirlandi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Unda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, xizmatni o`tash davrida halok bo`lgan IIB xodimlarining oila a`zolari hamda afg`on urushi qatnashchilari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Amir Temur va Xo`ja Doniyor maqbaralarini ziyorat qilishdi,  Samarqand avtomobil zavodi hamda “JV MAN-Avto Uzbekistan” MChJ shaklidagi qo`shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida 6 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 5 nafar mehnat faxriylari “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medallari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Maftuna RO`ZIYEVA, SamDChTI talabasi

 Samarqand gazetasi, 36 (1871)б 2015-yil 29-aprel, chorshanba