Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Nuroniylarga qulaylik

Paxtachi tumanidagi “Ziadin Avto Sardor” mas’uliyati cheklangan jamiyati aholiga -transport xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur jamoa “Keksalarni e’zozlash” yilida xayrli tashabbus bilan chiqdi. Endilikda ushbu jamiyatga qarashli avtobuslarda nuroniylar bepul yurishlari mumkin. 
— Bu tashabbusimiz keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, — deydi jamiyat rahbari Erkin Xolmo‘minov. — Otaxonu onaxonlarimiz duosini olib, kam bo‘lmayapmiz. Eng muhimi, ular o‘zlariga yaratilgan qulaylikdan juda mamnun.


Mamadiyor ZIYODINOV, 
«Xalq so‘zi» muxbiri

http://www.xs.uz/