Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ayol — oila baxti, jamiyat gultoji!

Yurtimizda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, oilada onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu bois har bir jabhada xotin-qizlarimiz faoliyatiga aloxila e’tibor qaratilib, ularning faoliyatiga va erkinliklari qonuniy tartiblada ta’minlangan.

Bu borada davlatimiz rahbari I.Karimovning 2004 yil 25 mayda kabul kilingan «O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’lab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’risida»gi Farmoni dasturamal bo’ldi. O’tgan yillar mobaynida xotin-qizlarimizni jamiyat hayotidagi roli, o’rni va nufuzi yanada mustahkamlandi. Ular orasida korxona va tashkilot rahbarlari, shifokorlar, fan, madaniyat, sport, san’at va ta’lim sohalarida ko’zga ko’ringan namoyandalarning borligi quvonarli hol albatta.

Prezidentimiz Konstitusiyamizning 21 yilligi munosabati bilan so’zlagan nutqida ham ayollarning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish masalalariga alohida to’xtalib, ayolning kalbiga quloq solish, uni qadrlash, og’ir ishlardan xolos etish, turli kasalliklardan himoya qilish, farzandi kamoloti uchun sharoit yaratish er kishining, butun jamiyatimizning burchi ekanligini ta’kidladi.

Shu o’rinda, ertamiz egalari bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash uchun avvalo, onalar salomatligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlash joiz. Negaki, sog’lom oilaning sog’lom ayoligina sog’lom bolani dunyoga keltiradi.

 

"Samarqand" gazetasi 2014-yil 6-mart №10