Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Obod turmush yili” davlat dasturining ijrosi bo’yicha Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilishi haqida

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 8 fevraldagi 87-02-266-sonli modemnomasi ijrosi hamda “Obod turmush yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini bajarish maqsadida SamDChTIda “Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma’rifiy tanlovning birinchi bosqichini o’tkazish to’g’risida 2013 yil 16 fevral kuni 46-sonli institut ichki buyrug’i chiqarildi. Buyruq asosida 9 kishidan iborat Tashkiliy qo’mita tuzildi.

2013 yil 23-25 mart kunlari “Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma’rifiy tanlovning birinchi bosqichi bo’lib o’tdi, ushbu tadbirda institut talabalaridan 60 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Talabalar tadbirda quyidagi 5 ta yo’nalish bo’yicha ishtirok etishdi

  1. “Kitob tafakkur xazinasi”;
  2. “Eng faol badiiy asarlar targ’ibotchisi”;
  3. “Yosh ijodkor talaba”;
  4. “Asarlardan yaralgan sahna asarlari”;
  5. “Asarlardan yaralgan navolar”.

Ushbu madaniy-ma’rifiy tanlovda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand bo’limi taniqli yozuvchi va shoirlari, shuningdek yosh ijodkorlar ishtirok etishdilar.

Tanlov bosqichida yangi yaratilgan asarlarining ko’rgazmalari va taqdimotlari uyushtirildi.

Mazkur tanlov yakunlari bo’yicha qo’shimcha axborot taqdim etilishini ma’lum qilamiz.