Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Sog’lom bola - sog’lom oila - sog’lom kelajak o’zaro uyg’un jarayondir

Oilada farzand deb atalmish bebho nemat bor ekan, ota-ona uni xar tomonlama sog’lom va barkamol inson  bo’lib voyaga yetishini istaydi. Xap bir ota- ona farzandida o’zini, orzu- umidlarining ro’yobini kuradi. Farzandining sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun ko’lidan kelgan barcha shart-sharoshplirni yaratib beradi. Zero, borlig’ni, kerak bo’lsa umrini farzandiga baxshida etish xalqimizga xos fizilatdir.

“...Oila sog’lom ekan — jamiyat mustaxkam, jamiyat mustaxkam ekan — mamlakat barqarordir” deya ta’kidlaydi Yurt-boshimiz '‘Yuksak manaviyat — yengilmas kuch" asarida. Darxaqiqat, bola shaxsidagi ilk ma’naviy kurtaklar oilada shakllanadi. Aynan oilada ma’naviy-axloqiy kadriyatar, Vatanga muxabbat, sadokat, odamiylik, ishonch, e’tikod, mexr-okubat, raxm-shafkat, kattalarga xurmat, kichiklarga izzat, xushmuomalalik kabi yuksak fazilatlar shakllanadi. Oilada farzandlar tarbiyasi ota-onaning uzaro munosabatlaridan boshlanadi. Qush uyasida ko’rganini qiladi, deganlaridek, avvalo, ota-onaning o’zi manaviyatli-ma’rifatli bo’lmogi lozim. Ayniqsa, xozirgi global zamonda ota-onalar farzand tarbiyasi bilan jidsiy shu g’ullanishlari, ularni doimo nazorat qilib borishlari shart. Axir farzand sizniki, uni tergab turishning foydasi bulsa bor dirki, aslo ziyoni yuq. Maksadimiz ma’na­viy sog’lom bolalarni tarbiyalash ekan, ularning ongu tafakkurini yot goyalar ta’siridan ximoya qilishda samarali tarbiya vositalaridan foydalanishimiz kerak. Qolaversa, bu borada oila-ta’lim muassasasi-maxalla xamkorligi xam kutilgan samara berishi shubxasiz.

Sog’lom bolaning dunyoga kelishi, uning sog’ligini saqlash masalasiga mamlakatimizda aloxida e’tibor karatilmokda. Eng chekka tuman va qishlokdardagi tibbiyot muassasalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lib, xatto, eng murakkab jarroxlik amaliyotlari xam o’zimizda bajarilmokda. Xar bir tumanda ona va bola salomatligini asrashga xizmat qilayotgan skrining va perinatal markazlar faoliyat olib borayapti. Shu bilan birga mamlakatimizda ayollar salomatligiga xam aloxida axamiyat berilayotir. Sog’lom bolaning dunyoga kelishida onaning homiladorlik davri va turruk,jarayoniga katta e’tibor qaratilmokda.

Sunggi paytlarda sog’lom bolani vo­yaga yetkazishda tug’ruqdan keyingi “chilla" davriga aloxida axamiyat berilmokdaki, bu ona va bola salomatligini yanada mustaxkamlashga xizmat kilayotir. Kolaversa, tug’rukdan keyin ayol o’z sog’lirini to’la tiklab olishi, bolaga e’tibor bilan qarashi uchun uzoq muddatli ta’til belgilangan. Sog’lom bo­laning dunyoga kelishi va voyaga yetishida ota-onalarning tibbiy madaniyati xam katta axamiyatga ega. Chunki, bunday ota-onalar uzi va farzandining sog’ligiga beparvo bo’lishmaydi.

Konstitusiyamiz qabul qilinganligining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Yurtboshimiz sog’lom avlodni voyaga yetkazishda maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini kengaytirish, ularni zamonaviy jixozlash, yuqori malakali pedagog va murabbiylar bilan ta’minlash, bola­larni maktabga tayyorlash sifatini oshirish, umumiy o’rta ta’lim tizimidagi boshlang’ich ta’limga katta e’tibor qaratish lozimligini aloxida ta’kidlab o’tdilar. Bu esa mamlakatimizda boshlang’ich ta’lim tizimida, asosan, oliy ma’lumotga ega bo’lgan pedagoglargina faoliyat olib borishi, boshlangich ta’lim tizimidagi kadrlarning saviyasiga yana­da jiddiyrok, e’tibor berish zaruratini tug’diradi.

Bugungi davr kadrlarning malaka oshirish tizimida ham jiddiy isloxotlar olib borishni talab qilmokda. Birgina misol: kadrlar malaka oshirib kelgach, uch yildan sung qayta malaka oshirish kurslariga yuboriladi. Birok, ular yana o’sha reja asosidagi eski malumotlarni tinglab kaytishadi. Taklif shuki, kadrlar malaka oshirish tizimini muttasil rivojlantiryb borish zarur.

Zero, ham jismoniy, xam ma’naviy jixatdan yetuk, o’z mustaqil fikriga ega, oqni qoradan ajratishga, taraqqiy top­gan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga qodir sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularning sog’ligini asrashni xech narsa bilan qiyoslab bulmaydi. Shunday ekan, farzandlarimizni jismonan sog’lom, ma’nan barkamol kilib tarbiyalash hammamizning zimmamizdagi burch va vazifalarimiz sirasiga kiradi.

Umida ABIROVA,
Toshkent viloyat pedagogika
kolleji o’qituvchisi
"Milliy tiklanish" gazetasi №3 2014-yil 15-yanvar