Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Sog’lom farzand oila baxti

Insondagi aql-zakovat, qobiliyat singari sifatlar paydo bo’lishida tibbiyotning o’rni beqiyos. Ota-ona farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkazadi. Ona ko’krak suti bilan birga mehr beradi, go’dakni tabiat ne’matlaridan bahramand etadi. Tabobat ilmi sultoni Ibn Sino ta’kidlaganidek, yerdan o’sib chiqqan har bir giyoh odam uchun shifobaxsh ne’mat. Yoki sigirning sut-qatig’i ming dardga davo. U go’dak aql chirog’ini nurafshon qiladi.
Bu ta’kidlar tibbiyotning tabiat bilan uyg’unligini ifodalaydi. Zero, yurtimizda tibbiyot sohasidagi islohotlar zamirida ham aholi salomatligini mustahkamlashdek ustuvor siyosat yotadi. Investisiya dasturi doirasida ta’mirlanayotgan yangi qurilayotgan hamda zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanayotgan shifoxonalar, eng avvalo, onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatishmoqda. 
Davlatimiz rahbari ¤zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 2014 yilni mamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilgani mohiyat e’tiboriga ko’ra yurt kelajagiga ulug’vorlik bag’ishladi. 
Bu nimalarda namoyon bo’layotir? 
Birgina Samarqand shahrida 2012-2013 yillarda shifoxonalarning tubdan ta’mirlanishi, atrofi obodonlashtirilib landshaft arxitekturasiga monand ko’rkamlik kasb etgani davlatimizning tibbiyotga bo’lgan e’tibori namunasidir. SamMI klinikasi davolash binolari, Dahbed ko’chasidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi tubdan ta’mirlanib, kirish fasadi zamonaviy ko’rinish kasb etdi. Shifoxonalarda tibbiyot xodimlariva bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Biz ta’kidlagan shifoxonalarda asosan bolalar davolanadi. Masalan, klinikamizning bolalar nevrologiyasi bo’limida har bir bemor bolani onasi birga olib yotadi. Boshida shifokorlar va tibbiyot xodimlari parvona. Yoxud tug’ruq majmuasi koridoru palatalarida chaqaloqlar yig’isiga to’la. Bu yerda ham oq xalatli shifokorlar bolalar deb yelib-yugurishadi.
Nevrologiya bo’limimizda bemorlarning yarmidan ko’pini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning ko’pchiligi onalar, oilasi va farzandiga mehrli ayollar. Bolam deb yashaydigan, farzandining ertangi kuni bilan mehnat qilib nafas oladigan ayollar bilan suhbatlashsangiz, yashashning ma’nosi, hayot abadiyligini tuyasiz.
Baxmal tumanidan Bahora ismli ayol har yili kelib davolanadi. Chehrasi ochiq, yuzidan tabassum balqib turadigan bu ayol epilepsiya kasaliga mubtalo bo’lgan. Muolajalardan so’ng dardi yengillashadi, do’xtirlarga «Ikkita bolam uchun yashashim kerak», deydi ko’zlari namlanib.
Shahrisabzlik Mo’tabar ismli ayol nevroz kasaliga chalingan. Uning uch nafar farzandi bor. ¤n kun yotib davolansa, o’n kun ham boshida turmush o’rtog’i parvona. Har kuni bolalari bilan telefonda so’zlashib turadi. Er-xotin bolalarini yaxshi ko’radi. Ularning muomalasiga, bolalariga bo’lgan munosabatiga havasimiz keladi. Katta yoshdagilarni davolaymiz, hammasi bolam deydi, oilam deydi. Farzandlariga mehrli bunday bemorlar bilan suhbatlashib va ular kabi oilaparvar insonlar dardiga darmon bo’lib, ko’nglimiz yorishadi. 

Ernazar TILAVOV,
Nigora MAMAQULOVA.
SamMI klinikasi Oliy toifali shifokorlari.

"Zarafshon" gazetasi №2 2014-yil 7-yanvar