Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yoshlar ittifoqi

 O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI

Nabiyev

Institut yoshlar yetakchisi: Nabiyev Shahboz Ibodullayevich

    Qabul vaqti: Har kuni 08:00-18:00
                 Telefon: +99899 595 55 49
                 E-mail: shohboz7553@gmail.com

 

 

 

 

Togaymurodov Ingliz tili fakulteti yetakchisi: Tog’aymurodov Dilshod     Dilmurodovich

    Qabul vaqti: Har kuni 08:00-13:00
                 Telefon: +99890 602 22 50
                 E-mail: dtogaymurod@gmail.com

 

 

 

Pardayev

Roman-german tillari fakulteti yetakchisi: Pardayev Umid Qo’chqor o’g’li

    Qabul vaqti: Har kuni 08:00-13:00
                 Telefon: +99893 337 55 00
                 E-mail: umidpardaev@gmail.com

 

 

 

 

Pardayev-Firdavs

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti yetakchisi: Pardayev Firdavs Fazliddinovich

    Qabul vaqti: Har kuni 08:00-13:00
                 Telefon: +99891 521 31 13
                 E-mail: shohboz7553@gmail.com

 

 

 

 

Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O’zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi.

2. O’zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkiloti (keyingi o’rinlarda boshlang’ich tashkilot deb yuritiladi) Ittifoqning maqsad-vazifalarini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshiradigan, ta’lim muassasalaridagi talabalar va yosh o’qituvchilarni o’z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.

3. Boshlang’ich tashkilot oliy ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi maqsad-vazifalariga xayrixoh bo’lgan kamida besh nafar yoshlarining tashabbusi bilan tuziladi hamda Ittifoqning mahalliy kengashlari tomonidan ro’yxatga olinadi.

4. Boshlang’ich tashkilotlar oliy ta’lim muassasalarda O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini amalga oshiradi.

5. Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlar o’zlari joylashgan hududdagi Ittifoqning mahalliy kengashlariga birlashadi.

6. Boshlang’ich tashkilotlar yoshlar yetakchisi va yetakchilar kengashi a’zolari faoliyat yo’nalishi, qiziqishi hamda yoshlarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, Ittifoqning mahalliy va hududiy kengashlari qoshida o’z tashkilotlari (uyushmalar, markazlar, klublar, to’garaklar va boshqalar)ni tuzish tashabbusini bildirishi yoki mavjud tashkilotlarga ixtiyoriy qo’shilishi mumkin.

7. Boshlang’ich tashkilotlar faoliyati O’zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy kengashlari hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

8. Boshlang’ich tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, amaldagi qonun hujjatlari, O’zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

Boshlang’ich tashkilotning maqsad va vazifalari

9. Boshlang’ich tashkilotning asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko’maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo’lib yetishiga munosib hissa qo’shishdan iborat.

10. Boshlang’ich tashkilot o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

- yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g’oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;

- yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;

- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o’zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o’rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko’rib chiqish va hal etishda ko’maklashish;

         - yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o’rganishi va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo’naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashadigan klub va to’garaklar faoliyatini tashkil etish;

- imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo’llab-quvvatlash;

- notinch oila farzandlari, tarbiyasi og’ir va nosog’lom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga qaytarish, qizlar o’rtasida erta nikohlarning oldini olish bo’yicha tizimli ishlar olib borish;

- yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

- yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, ularning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

- oliy ta’lim muassasasi yoshlari o’rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o’zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;

- yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o’rtasida sportni keng targ’ib etish, ularning sportga bo’lgan qiziqishini qo’llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;

- yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo’llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini tashkil etish;

- yoshlar o’rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ’ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.

Boshlang’ich tashkilotning huquq va majburiyatlari

11. Boshlang’ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:

- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o’quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va o’qituvchilardan zarur ma’lumotlarni olish hamda nazorat qilish;

- oliy ta’lim muassasasidagi darslar sifati, o’qituvchilar saviyasi va talabalar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari faoliyatini o’rganish, reydlar, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

- oliy ta’lim muassasasidagi sharoitlardan to’la foydalanish, yoshlar ishtirokida to’garaklar, klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlarning oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini talab etish;

- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan oliy ta’lim muassasasi rektori va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;

- nizomda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasida qo’shimcha tuzilmalarini tashkil etish;

- faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ’ib etish.

Boshlang’ich tashkilot tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.

12. Boshlang’ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

- O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, qonunlari, Yoshlar ittifoqi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normmativ-huquqiy hujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;

- Yoshlar ittifoqining mahalliy, hududiy va respublika kengashlari, oliy ta’lim muassasasi kengashi hamda rahbariyatining tegishli topshiriqlari va ko’rsatmalarini bajarish;

- Yoshlar ittifoqining mahalliy kengashi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariga o’z faoliyati to’g’risida hisobotlarni o’rnatilgan tartibda taqdim etib borish;

- boshlang’ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag’lardan to’g’ri foydalanish;

- oliy ta’lim muassasasining o’quv, tarbiya va boshqa ishlariga ko’maklashish.

Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tuzilishi

13. Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

- yoshlar yetakchisi saylovi;

- umumiy yig’ilish;

- yoshlar kengashi (yoshlar yetakchisi, yoshlar kengashi yetakchilari);

- fakultet yoshlar kengashi;

- guruh yetakchisi;

- talabalar turar joyi, mehnat jamoasidagi yetakchi;

- boshlang’ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to’garaklar, klublar va boshqalar).

Yoshlar-ittifoqi