Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

"Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila" Alisher Navoiy

Yangiliklar
Yangiliklar | 2017-05-27 | ko'rishlar soni:563

Institutimizda 26-27-may kunlari ta’lim tizimida uzluksizlik va uzvijlikni ta’minlash maqsadida “Kollej va litseylarda xorijiy til ta’limi: xorijiy tajriba va zamonaviy tendensiyalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyani institutimizning fransuz tili va adabiyoti kafedrasi viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etdi.

Yangiliklar | 2017-05-26 | ko'rishlar soni:560

31 may «Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni» munosabati bilan ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan “Biz sog‘lom turmush-tarziga rioya qilamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Yangiliklar | 2017-05-23 | ko'rishlar soni:634

2017 yil 22 may kuni institutning hamkor tashkilotlar bilan  “Talaba-yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm, xavfsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish bo’yicha 2017 yil may oyiga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasi”ga binoan institutning magistratura 1-bosqich talabalari bilan “Odam savdosi muammolari va unga qarshi kurashish yo’llari”, “Giyohvandlik balosi – umr kushandasi”, “Terrorizmning asl maqsadi va unga qarshi kurashish”, “Diniy oqimlar va sektalarning maqsad-muddaolari” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

Yangiliklar | 2017-05-23 | ko'rishlar soni:579

2017 yil 5-22 may kunlari oralig’ida institutda magistr va talabalarning an’anaviy XXIII ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Anjuman o’z ishini 14 ta sho’bada olib bordi. Anjumanda umumiy 210 nafar magistr va iqtidorli talabalar o’z maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Yangiliklar | 2017-05-20 | ko'rishlar soni:735

2017 yil 20 may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ’ibot tadbirlari o’tkazildi

Yangiliklar | 2017-05-19 | ko'rishlar soni:700

2017 yil 19 may kuni tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida mutaxassislar bilan uchrashuv o’tkazildi. 

Yangiliklar | 2017-05-19 | ko'rishlar soni:592

2017 yil 19 may kuni muddatli harbiy xizmatni o’tagan talabalar bilan yig’ilish o’tkazildi. 

Yangiliklar | 2017-05-19 | ko'rishlar soni:598

2017 yil 19 may kuni roman-german tillari fakulteti talaba-qizlari bilan “Xotin qizlarning ijtimoiy hayotdagi o’rni” hamda “O’z joniga qasd qilishning oldini olish” mavzulari bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

Yangiliklar | 2017-05-18 | ko'rishlar soni:590

2017 yil 15 maydan boshlab Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda “Talaba” sport klubi tomonidan xodimlar kasaba uyushmasi hamkorligida institut professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida an’anaviy XXII spartakiadasi bo’lib o’tmoqda