Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

An’anaviy “Yapon tili notiqlik san’ati” tanlovi

4 fevral kuni institutda yapon tili yo’nalishi talabalari o’rtasida “Yapon tili notiqlik san’ati” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

IMG_1890

Tanlovga hay’at a’zolari sifatida Xalqaro biznes markazi mutaxassislari Yayoi Nakamura va Yasuyuki Tsuruta, Yaponiya Nagoya Universitetining Uzbekistondagi vakili Eyiti Imamura, Toshkent yuridik universiteti yapon tili o’qituvchisi Goto Mami, O’zbekiston xalqaro madaniyat markazi Jizzax viloyati filiali mutaxassisi Hiroyuki Ivai, Buxoro shahar 32-umumta’lim maktabi yapon tili o’qituvchisi Komazaki Mashu hamda SamISI yapon tili o’qituvchisi Mariko Shishidolar ishtirok etishdi.

IMG_1826

Institut miqiyosida o’tkazilgan tanlovda 11 nafar iqtidorli talabalar qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko’ra institutning 3-bosqich talabalari Sagatova Sabina faxrli birinchi o’rinni, Usarova Dilnoza ikkinchi o’rinni qo’lga kiritishdi va tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmaga ega bo’lishdi.

IMG_1860

IMG_1853

Yapon tili yo’nalishi 2-kurs talabasi Tolibova Hilola 3-o’rinni qo’lga kiritib, institutning maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

IMG_1869

IMG_1833

Tadbir yakunida talabalar tomonidan O’zbek va  Yapon milliy madaniyati va san’atiga oid sahna ko’rinishlari va kuy qo’shiqlar taqdim etildi.