Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTI “Italyan tili va madaniyati markazi” tashkil etilganligiga 18 yil to’ldi

4 fevral kuni institutda “Italyan tili va madaniyati markazi” tashkil etilishining 18 yilligi nishonlandi. Markaz Italiya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 1999 yilda tashkil etilgan.

IMG_1931


2005 yilga qadar Institutda italyan tili ikkinchi chet tili sifatida o’qitilgan bo’lsa, 2005-2006 o’quv yilida italyan tili yo’nalishi tashkil etildi va asosiy til sifatida o’rganila boshlandi. Respublikada italyan tili asosiy chet tili sifatida faqatgina Samarqand davlat chet tillar institutida o’qitilmoqda.

20170204_155709


SamDCHTI Italiyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Hamkorlik shartnomalariga asosan institutda Italiya oliy ta’lim muassasasidan tajribali professorlar ishtirokida seminar-treninglar, anjumanlar, italiyalik talabalar uchun “Yozgi maktablar” tashkil etilmoqda.

IMG_1966 

Italiya tashqi ishlar vazirligi hamda Italiyaning O’zbekistondagi Elchixonasi muntazam ravishda institutimizning iqtidorli talabalari hamda pedagog-xodimlari uchun Italiyada ta’lim olish va malaka oshirish imkoniyatini beruvchi ta’lim grantlarini ajratib kelmoqda.

IMG_1912

Institutimiz pedagog-xodimlari va talabalari Italiyaning Perujia xorijiy tillar Universiteti, Siyena xorijiy tillar Universiteti, Trento xorijiy tillar Universitetida va Torino Universitetlarida stajirovka o’tash va malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.
Tadbir sahna ko’rinishlarga boy, juda qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.