Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDChTIga O’zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari tashrif buyurdi

2017 yilning 7 fevral kuni Britaniya Kengashining san’at bo’yicha yangi dasturi doirasida Britaniya Kengashi direktori o’rinbosari Jamila Gulyamova hamda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir guruh talabalari SamDChTIga tashrif buyurdi.

IMG_2543

Jamila Gulyamova hamda SamDChTI rektori I.Tuxtasinov o’rtasida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda ikki tashkilot o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xorijiy tillarni o’qitishni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

IMG_2509

Rasmiy uchrashuvdan so’ng institut faollar zalida O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, Buyuk Britaniyadagi Rouz-Bruford teatr va aktiyorlik mahorati kolleji bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir gurux talabalari tomonidan Shekspir asarlari mavzusida qiziqarli va mazmunli festival tashkil etildi.

IMG_2531

IMG_2503

Tadbir so’nggida Britaniya Kengashi xodimlari tomonidan “IELTS” imtihonlariga tayyorgarlik ko’rish, MakMillan nashriyoti darsliklari va o’quv qo’llanmalari va Buyuk Britaniyada ta’lim olish imkoniyatlari to’g’risidagi taqdimot o’kazildi.