Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Navoiy xotirasi yodga olindi

2017 yil 9 fevral kuni buyuk mutafakkir bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag’ishlab Samarqand shahridagi Navoiy istirohat bog’ida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish tadbiri bo’lib o’tdi.

1

2

Tadbirda viloyatimizdagi ko’plab korxona va tashkilotlar ishtirok etishdi. Shular qatori Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, dekan o’rinbosarlari Q.Hakimov, O’.Sattorov, O.Tilavov, kafedra mudirlari A.Turobov, M.Begmatov, A.Begmatov, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi I.Salomov hamda bir guruh adabiyotshunos o’qituvchilar va 30 nafar talabalar ham ishtirok etishib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yishdi va buyuk mutafakkir bobomiz, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning el-yurt qayg’usi, yurtni obodonlashtirish, ilm-fan, san’at va adabiyotni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go’zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, ijtimoiy adolat yo’lidagi buyuk xizmatlarini yodga olishdi.

3

4

Tadbirda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

5