Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik

2017 yil 9 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida barcha joyda bo’lgani kabi buyuk mutafakkir bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag’ishlab “Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda adabiyotshunos professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga to’xtalib, u o’z ijodida xalqini savodli, bilimli, madaniyatli qilish ruhi bilan qalam tebratgani,  mehnatkash, pok, halol, aqlli, yaxshi odamlar qalbidagi samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoiylik, inson baxti, xalqlarni do’stlikka, hamkorlikka, ezgulikka chaqirish, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini ulug’lash kabi hislatlarni yoritganini aytib o’tdi. Shuning bilan birga shoirning ko’plab asarlari bugungi kunga kelib ingliz tiliga tarjima qilinayotganini faxr bilan ta’kidlab o’tdi.

1

Tadbirda Navoiyshunos olima SamDU professori, filologiya fanlari doktori Dilorom Salohiy ham so’zga chiqib, Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, el-yurt qayg’usi, yurtni obodonlashtirish, ilm-fan, san’at va adabiyotni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go’zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g’oyalari bilan yo’g’rilganligini ta’kidlab o’tdi.

3

Shundan so’ng Qozog’iston Respublikasi professori Azamat Akbarov so’zga chiqib Navoiyning pedagogik merosi va Sheksperning tragediyalaridagi yetakchilik masalalari mavzuida nutq so’zlab ulug’ mutafakkir va shoirning buyuk merosini yanada chuqurroq o’rganib butun dunyo ahliga yetkazishimiz zarurligi to’g’risida aytib o’tdi.

4

 Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi doirasida Alisher Navoiy hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna ko’rinishlari, she’riy parchalar hamda uning she’rlari bilan aytiladigan mumtoz kuy-qo’shiqlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

2

5

6

7

Tadbir so’ngida institut rektori tomonidan bayram dasturini tayyorlashda faol ishtirok etgan o’qituvchi va talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

8

9