Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Biz tinchlik tarafdorimiz

2017 yil 9 fevral kuni Samarqand viloyat MXX va IIB bilan hamkorlikda “O’zbekiston xavfsizligiga tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar hamda ular faoliyatiga qarshi kurashishning o’ziga xos xususiyatlari, giyohvandlik” hamda “Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish tartib-qoidalari” mavzularida mutaxassislar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

1

Davra suhbatini institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov olib bordi.

Ushbu davra suhbatida viloyat Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi T.Amirov,  viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Ergasheva, viloyat “Kamolot” YoIH kengashi bo’lim mudiri S.Raimovlar so’zga chiqishib, talabalar orasida huquqbuzarlikning oldini olish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, giyohvandlik, odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm, korrupsiya va shu kabi muammolarning sodir bo’lishini oldini olish yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

2

3

4  

Tadbir so’ngida O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Umr zavoli” nomli hujjatli film namoyish etildi.