Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ning navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi

2017 yilning 10 fevral kuni SamDChTI Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ustoz-murabbiylar hamda xotin-qizlar ishlari bo’yicha mas’ullari ishtirok etishdi.

Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.

1

1.1

Dastlab kengashda yanvar oyida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’yicha mas’ul shaxslarning hisobotlari eshitildi.

Shundan so’ng fevral oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan ma’naviy tadbir, talabalar orasida huqfuqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha hamkor tashkilotlar bilan o’tkaziladigan tadbirlar va shu kabilar muhokama qilindi.

 2

Bundan tashqari “TTJ kafedra kunlari” haftaligi doirasida navbatchiliklarning borishi, talabalarning “Kiyinish madaniyati”ga rioya etish holati, salomlashish odobining nazorati, shartnoma asosida o’qiydigan muddatli harbiy xizmatni o’tagan talabalarning “Kamolot” YoIH tomonidan to’lanadigan 35%lik shartnoma puliga hujjatlarni tayyorlash, institut veb-saytining “Forum sahifasiga ma’lumotlarning joylashtirilishi, viloyat MXX bilan hamkorlikdagi tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish, talabalarning tibbiy ko’rikdan o’tishlarini yakunlash, talabalar, ayniqsa talaba-qizlarning salomatligini nazorat qilish yuzasidan guruh muabbiylarining mas’uliyatini oshirish, TTJda “O’zbegim Farhodlari” sport musoyuaqasini o’tkazish, “Kamolot kubogi” futbol musobaqalariga tayyorgarlik ko’rish, xotin-qizlar Kengashi tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish, talabalarning teatrga tashriflarini tashkil etish va shu kabi masalalar Kengash a’zolari tomonidan keng muhokama qilindi.

 3

4

5

6

7

8

Yig’ilishda dekan o’rinbosarlari, xotin-qizlar va ustoz-murabbiylar kengashlari raislari, xodimlar kasaba uyushmasi raisi, salomatlik maslahat markazi rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar berildi hamda takliflar bildirildi.