Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Zamonamiz Farhodlari” sport musobaqalari o’tkazildi

2017 yil 11 fevral kuni “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi, “Talaba” sport klubi hamda “Kamolot” YoIH institut BT tomonidan “Zamonamiz Farhodlari” shiori ostida sport musobaqalari o’tkazildi. Unda sportning “Turnikka tortinish”, “Tosh ko’tarish”, “Yerga tayangan holatda qo’llarni bukib yozish”, “100 metrga yugurish” turlari bo’yicha 50 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.

1

2

3

4

Bellashuvlar yakuniga ko’ra barcha soprt turlarining umumiy natijasiga ko’ra tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Eshnazarov Sulaymon 1-o’rinni, ingliz tili fakulteti talabasi Shirinov Erali 2-o’rinni, ingliz tili fakulteti talabasi Shamsiyev Shokir 3-o’rinni egalladi.

5

6

Musobaqa yakunida g’olib va sovrindorlar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.